Ma’suma Ahmedova. Birovning hayoti (hikoya)

Yonma-yon yo‘lda poyezd pishillab kelib to‘xtadi. Mikrofondan manqa, uyquga qonmagan bo‘g‘iq ovoz taraldi.— Diqqat, diqqat! Hurmatli yo‘lovchilar! Ikkinchi yo‘lda “Toshkent-Andijon” poyezdi kelib to‘xtadi. Poyezd bekatda uch daqiqa turadi. Qaytaraman… Perrondagi odamlar shoshilib qoldi. Akbar bir zum elektropoyezdda o‘tirganligini, hozirgina uning davomi…

Mansurxon Toirov. XXI asr ham fizika asri(mi?)

Yaqinda poytaxtimizning Yunusobod tumani maktablaridan biriga fizika fanining XXI asrdagi ravnaqi mavzusida o‘quvchilar bilan uchrashuvga taklif qilishdi. Ushbu taklifni jondilimdan qabul qildim. Ayni choqda, bu tak­lif meni o‘ylantirib qo‘ydi. Hozirgi paytda Toshkent shahrining o‘zida Fanlar akademiyasining qator ilmiy tekshirish institutlari, davomi…

Nurulloh Muhammad Raufxon. Til — millatning o‘zagi (yozuvchi bilan savolsiz suhbat)

O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, tilimiz ushbu maqomni olmasidan burungi va olganidan keyingi holati haqlarida gapirishdan oldin o‘sha davrdagi o‘zim uchun sharafli bo‘lgan ayrim voqealarni bir eslamoqchiman. Sovetning oxirgi pallalarida, oshkoralik yillarida yurtimizda bir necha yaxshi qonunlar qabul qilingan. davomi…

Asanbek Stamov. Dahriyning tushi (hikoya)

Tun. Xonadagi sukunatni devor soatining bir maromdagi chiqillashi betinim zarbalaydi. Shundanmi yoki bugun mazasi qochdimi, haytovur, Jo‘ldo‘shbekning uyqusi kelmaydi. Qaydadir uzoqda avtobus bir gurilladi-da, xuddi o‘pqonga tushib ketganday shu zahoti tinchidi-qoldi. Tashqarida shamol qo‘zg‘alib, derazaga urildi, tomda birov yurganday bo‘ldi. davomi…