Komil Avaz. Qorako‘z (hikoya)

Qorako‘z bilan tanishgan odam uning ko‘ziga qaraydi. Buni Qorako‘z biladi va xiyol kulimsirab, «Ko‘zingiz qora bo‘lmasayam, ismingiz Qorako‘zligi ajab ekan, deya o‘ylayapsiz-a», deganday qiymirib qaraydi. U ko‘zining qoramtir ko‘kishligi sababini yaxshi biladi. Maktabni bitirib, Toshkentga o‘qishga kelgan kunlari ba’zi kursdosh davomi…

Muqaddas Ahmedova. Marjon (hikoya)

Jabbor akani Xudo urdi: bugun olgan maoshini ichib qo‘ydi. Aslida u yakkayu yagona qizi — Zahroning tug‘ilgan kuniga marjon shodasini sotib olib sovg‘a qilmoqchi edi. Afsuski, hammasi chappasiga ketdi.Jabbor aka yo‘lak chekkasidagi yog‘och o‘rindiqqa behol cho‘kib chuqur nafas oldi. Tevaragiga davomi…

Habib Siddiq. Anqov ekan (hajviya)

O‘ziyam odam bo‘lmaydigan anqoviga uchragan ekanman-da…Men unga aytdim: manavi egnimdagi kostyum sal urinibroq qoldi, yangilash kerak, deb. “Albatta yangilash kerak”, deydi. Oradan uch-to‘rt kun o‘tgach, yana shama qilib ko‘rdim. Katta-kichikning oldida ustimga obro‘liroq narsa ilib yurmasam bo‘lmas, dedim. Har qalay, davomi…

Habib Siddiq. Nomtalash (hajviya)

Rostini aytay: hajviyaga “nomtalash” deb sarlavha qo‘yaymi yo “xomtalash”, deymi… ancha o‘ylandim. “Nega?” deysizmi? Keling, bir boshdan so‘zlay…Toponim komissiya raisi qon bosimi oshib shifoxonaga tushib qolgach, mana shu tashvishlar mening boshimga tushib turibdi-da. Endi anglayapman, bechoraning qon bosimi bekorga oshmagan davomi…

Erkin Usmon. Qarmoqqa ilingan hikoya (hajviya)

Xolxo‘ja axiyri qo‘ymadi.Bu safar baliq oviga chiqadigan bo‘ldik. Men-ku, tabiatan sayohatu sarguzashtlarga suyagi yo‘qroq odam emasmanmi, “Nasib qilsa ko‘ramiz”, deb qo‘yaqoldim. Bu “yo‘q”dan ko‘ra, “ha”ga yaqinroq javob ekanligini sezgan Xolxo‘ja suyunib ketdi. Lekin, Jo‘ravoy akani ko‘ndirish azobul-azobga aylandi. Xolxo‘ja uning davomi…

Abdusattor Hotamov. To‘yona (hikoya)

Odiljon qiz uzatadigan bo‘ldi. Kuyov keng yelkali, qoraqosh yigit ekan. U kuyovni uyiga taklif qildi, tanishdi. Mehmonxonaning to‘riga chiroyli stol yasatilib, bo‘lajak qaynota va kuyov suhbat qurishdi.Odiljon yigitning uyidagilari, institutda sirtdan o‘qishi, tuzukkina joyda ishlashidan xabar topdi. Og‘ir-vazmin, biroz tortinchoq davomi…

To‘lqin Eshbek. Ostonaqul buvaning daftari (hikoya)

Hammasi Taisa degan ayolning «yoz-yoz»idan boshlandi. Birinchi qavatdagi Ostonaqul buvaning «boyliklari» orasidan sichqonlar chiqayotgan emish. Hatto to‘qqizinchi qavatdagilarning ham tinchini buzayotganmish…— Ishonmasayiz, uyimga chiqingiz, bir ko‘ringiz, — dedi ayol ko‘kish ko‘zlarini javdiratgancha. — Tun bo‘yi «chiy-chiy»idan jonim hiqildog‘imga keladir. Sanepidstantsiyaga davomi…

Nurmamat Almurodov. Odamning xo‘rozi (hajviya)

Bugun Ravshan aka Hazratqulovning shirkatlar uyushmasiga rais etib tayinlanganiga roppa-rosa ikki hafta bo‘ladi. Birovni tanisa, birovni hali yaxshi tanimaydi. Ishni nimadan boshlashni bilmay xonasida xayol surib o‘tiribdi. Nogahon telefon jiringlab qoldi. Go‘shakni olib, o‘ng qulog‘iga tutdi.— Allo, yaxshimisiz. Men viloyat davomi…