Erkin Usmon. Bo‘ri bolasi (hikoya)

Emaklaydi bo‘ri jim-jit, O‘ljaga intiq…Usmon AZIM Yakkaqoyalik Sulaymon ovchi haqida eshitgandi-mu, o‘zini ko‘rmagandim. Yaqinda tasodifan uchratib qoldim.Laboratoriyamiz mudiri, professor Qurbonovning safardan qaytganini eshitib, uyiga o‘tgan kunim edi. Mashinamni yo‘l chekkasiga qo‘yib, yo‘lakka kirdimu, shu tarafga kelayotgan ikki kishini ko‘rib to‘xtadim. davomi…

Omonulla Fayzullayev. «Shomu saxarlar oh urib»

G‘afur G‘ulom otam Fayzullaxo‘ja bilan birgalikda 1916 — 1917 yillari Toshkentdagi rus-tuzem maktabida o‘qiganligini va ular bolalikdan do‘st bo‘lganligini yoshligimdan bilaman. Shu tufayli bo‘lsa kerak, u kishining faoliyati bilan hamma vaqt qiziqqanman. 1943 yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ta’sis etilganda G‘afur davomi…

Alijon Zohidiy. Tez yordam (hajviya)

— To‘g‘risini aytsam, — dedi Adham ikkinchi shisha bo‘shaganidan keyin qulfi dili biroz ochilib. — Asli o‘zi do‘xtirman, Tibbiyot institutini tugatganman. Tez yordam sohasida oz-moz ishlaganman ham. Uning bu gapidan G‘ijduvonning barkashidek katta va silliq basharasiga, ayiqdek serjun va bahaybat davomi…

Begali Qosimov. Vatan va millatning o‘tlig‘ kuychisi

Shoir Tavallo — To‘lagan Xo‘jamyorov XX asr boshida Toshkentda yetishgan, xalq o‘rtasida katta shuhrat qozongan iste’dodlardan. Oybek “Bolalik”da shunday yozgan edi: “Ayvonda muk tushib, Tavalloning she’rlarini o‘qishga kirishaman. O‘qiyman, diqqat bilan, berilib, uzoq o‘qiyman… She’rlar rangdor, jonli, tili o‘ziga xos, davomi…

Faxriddin Sodiq. Tasavvur (hikoya)

Buvisi nevarasiga aytayotgan navbatdagi matalini tugatayapti:— … Shunday qilib, elning og‘zida gap qopti: kuchuk, egamning bolalari ko‘p bo‘lsin, har biri bir burdadan non bersayam, qornim to‘yadi, der ekan. Mushuk bo‘lsa, qaniydi, egamning bolalari yo‘q bo‘lsa, borlariyam tezroq o‘lib qolsaydi, ular davomi…

Husan Karvonli. Qishloq (hikoya)

Og‘ilning tomi har safar loysuvoq qilinganida, gartak xarxasha qilib bo‘lsa-da, tepaga chiqib olardim. Bungacha deyarli yetib bormas edi asli. Kenja bo‘lganim sababli bunday istaklarim so‘zsiz amalga oshardi.Og‘il ustida kichkina qishlog‘imizni — pastqam uylaru og‘il-bostirmalar, tuproq-chang ko‘chalaru sim to‘siqli hoya-hovlilarni bir davomi…

Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy o‘gitlari

Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy hozirgi zamonda dunyo jamoatchiligi tomonidan eng ilg‘or demokratik tamoyillarga amal qiluvchi, ilohiyot va dunyoviylikni insonparvar nuqtalarda tutashtirgan, jahonda eng ko‘p muxlisga ega bo‘lgan Xojagon-naqshbandiya tariqati asoschisidir.Mutafakkirning G‘ijduvon shahri tub aholisi tilida faol qo‘llanadigan nomi — Xojayi jahon. davomi…