Ilhom Zoyir. Qizilishton (hajviya)

Derazadan tushib turgan quyosh nuri kesak qisgan qovundek cho‘zinchoq boshni yaltiratib, xonani yanada nurafshon qilib turardi. Derazaga qarama-qarshi o‘tirgan bo‘lim mudiri Karom Salomov eshikning amirkon etikdek «g‘arch» etgan tovushidan xayoli bo‘lindi. Eshikdan mo‘ralagan kishining chehrasi tanish bo‘lsa kerak, yaltiroq boshini davomi…

Xurshid Do‘stmuhammad. Yoqub izquvarning hiylasi (hikoya)

Yoqub to‘ram kallasini salgina boshqacha ishlatgan edi, hayotida tubdan burilish yuz berdi: kissasi pul ko‘rdi, ro‘zg‘origa baraka kirdi, nomi mahalla-ko‘yning og‘ziga tushdi, hammasidan ham, begonalar tugul, uyidagi bola-chaqalarigacha uning izzat-hurmatini joyiga qo‘yadigan bo‘lishdi! Tilidan ham, dilidan ham “Etkazganiga shukr” tushmaydi-yu, davomi…

Abduqayum Yo‘ldosh. Katta odamning kichkina tanishi (hikoya)

Har doimgiday, g‘alabaning egasi ko‘p bo‘ldi. Do‘stovullik Eshimqul kalning to‘ng‘ich o‘g‘li shaharda ka-atta amaldor bo‘lgani xushxabari qishloqqa yetib kelar-kelmas, Xoliqulning bolaligida tirishqoq bo‘lganini bilganlaru hov o‘sha zamonlar, ya’ni bolakay qishloq maktabida o‘qib yurgan chog‘laridayoq uni to‘g‘ri yo‘lga solgan, bugungi martabaga davomi…

Abdul Hamid. Zaifa kim (hajviya)

Siz ayolni zaifa dedingizmi? So‘zingizni qaytib oling. Bu borada biroz o‘ylab gapirishga to‘g‘ri keladi. Yo‘q, men ularni shaxsiy himoyamga olmoqchi emasman. Chunki ular mening himoyamga zor emas. Ammo shunga qaramay, gapingizni qaytib olishingizga to‘g‘ri keladi. Nega deysizmi?Tebsa-tebranmas, dunyoni suv bossa, davomi…

Anvar Obidjon. Tip-tiniq vujud (hikoya)

U o‘zbekchani bilmasdi, “O‘tkan kunlar”ni o‘qimagan edi. Shu bois, miltiqni o‘qlayotganida ham, nishonga to‘g‘rilayotganida ham qo‘li qaltiramadi.Olamdagi biron-bir millatga na o‘chli, na mehrli bo‘lgan muzasab beshotar tirik nishonga hissiz baqraydi. Tirik nishon: “Senga ginam yo‘q, ishingni bajaraver”, degandek unga begidir davomi…

Abdug‘ani Abduvaliyev. Sharh (hajviya)

Sharvonbining darvozaxonasi naq internetning o‘zi. Nafaqat shahar va viloyat, balki butun mamlakat, hatto jahon miqyosidagi yangiliklar ham shu markazdan tarqaladi. Sharvonbi xontaxtani darvoza ostonasiga qo‘yib, savdoni boshlashi bilan bekorchi qo‘shni xotinlar ham go‘sht hidini sezgan aridek birin-ketin inlaridan chiqib, shu davomi…

Shokir Abdulaziz. Hojatbaror (hajviya)

— Qizi bor uyning darvozasini shoh ham, gado ham taqillatarkan, o‘rgilay ovsin, yaxshi niyat bilan qulchilikka keldik.— Xush kelibsizlar, qadamlaringizga hasanot, qani, ichkariga marhamat…Semiz badanlarini yanada bo‘rttirib turgan tor atlas ko‘ylakli ayollar cho‘g‘day gilamlar to‘shalib, yangi ko‘rpachalar solingan, ularning kelishi davomi…