Abusaid Abulxayr (967-1049)

Abusaid Fazlulloh ibn Abulxayr Muhammad ibn Ahmad Mayhaniy (ابوسعید ابوالخیر) Xurosondagi Xovaron viloyatining Mayhana qishlog‘ida tug‘ilgan. Sulton ul-orifin — Oriflar sultoni degan sharafli unvonga sazovor bo‘lgan bu ulug‘ inson Abusaid Abulxayr, Shayx Abusaid Mayhaniy nomlari bilan musulmon olamida shuhrat qozongan. davomi…

Amir Xusrav Dehlaviy (1253-1325)

Xusrav Dehlaviy (ابوالحسن یمین‌الدین خسرو‎) 1253 yilda Hindiston shimoldagi Patyoli shahrida, shahrisabzlik Amir Sayfuddin Muhammad oilasida dunyoga keldn. Asli lochin urug‘idan bo‘lgan bu xonadon mo‘g‘ullar bosqini davrida Hindistonga ko‘chib, shu yerda turg‘un bo‘lib qolgan edi. Amir Xusravdan buyuk adabiy meros davomi…

Bobo Tohir (980-1055)

Bobo Tohir Uryon (بابا طاهر) — Eronning shimoliy-g‘arbidagi Hamadon shahrida tug‘ilgan. U irfon sohibi, o‘z ta’biri bilan aytganda, samovot ilmining donishmandi edi. Musiqadan yaxshigina xabardor bo‘lib, o‘z taronalarini kuyga solib aytib yurgan. «Uryon» so‘zining lug‘aviy ma’nosi «yalashg‘och» bo‘lib, shoir o‘ziga davomi…

Farididdin Attor (1145-1221)

Jahon so‘z san’atining zabardast namoyandalaridan biri, yirik mutasavvif shoir Farididdin Abuhomid Muhammad ibn Abubakr Ibrohim Nishopuriy (فريد الدين العطار) Nishopur atrofidagi Kadkani qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Abubakr ibn Ibrohim attor va tabib edi. Bu kasb o‘g‘liga ham meros bo‘lib o‘tgan. Shoirning davomi…

Hakim Sanoiy (1080-1150)

Abdulmajid Majdud binni Odam Sanoiy (حکیم سنایی) XII asrda yashagan buyuk shoir va allomadir. U Xurosonning G‘azni shahrida tug‘ilgan va shu yerda vafot etgan. «Agar muslimiyat Sanoiyning ulug‘ligini ko‘ra bilsaydi, jamiki mo‘minlarning boshidan qalpog‘i tushardi», – degan edi Jaloliddin Rumiy. davomi…

Hofiz Sheroziy (1325-1388)

Shamsuddin Muhammad Hofiz Sheroziy (خواجه شمس‌الدین محمد حافظ شیرازی) Eronning Sheroz shahrida tug‘ilgan. Lekin butun umri davomida ona shahridan chetga chiqmagan bu «isonafaslik rindi Sheroz» (Navoiy) o‘zining yoniq she’rlari bilan yarim dunyoni egalladi va o‘zidan keyingi Sharqu G‘arb adabiyotiga katta davomi…

Imodiddin Nasimiy (1370-1417)

Sayyid Imodiddin Nasimiy (عمادالدین نسیمی; İmadəddin Nəsimi) Ozarbayjonning Shirvon viloyati Shamohi shahrida tug‘ilgan. Asli ismi — Ali, laqabi — Imodiddin. U o‘z davriga nisbatan mukammal tahsil ko‘rgan: fors, arab tillari va adabiyotini chuqur o‘rgangan. Bundan tashqari, mshggiq, riyoziyot, tabiat va davomi…

Jaloliddin Rumiy (1207-1273)

Jaloliddin Rumiy (جلال‌الدین محمد بلخی) — jahon adabiyotining muazzam siymolaridan biri. U o‘zidan keyingi Sharq va G‘arb so‘z san’atiga katta ta’sir o‘tkazdi. Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi buyuk so‘z ustalari Mavlononi o‘zlariga ustoz deb bilishgan. davomi…

Mahsatiy Ganjaviy (1098 – XII asr)

Mahsatiy Ganjaviy (مهستی گنجوی – 1098 – XII asr o‘rtalari) – fors shoirasi. Musulmon she’riyatining yoqin namoyondalaridan biri. Mahsatiy (“Moh asti” – “Oysan” degani) fazlu kamol sohibasi bo‘lib, tarixiy manbalar uning ilmparvar xonadonda tug‘ilgani, mukammal tahsil ko‘rgani, iste’dodli ruboiynavis bo‘lib davomi…

Mirzo Abdulqodir Bedil (1644-1721)

Mirzo Abdulqodir Bedil (عبدالقادر بیدل) — qiyosi yo‘q shoir, mutafakkir va jamiyatshunos olim, o‘ziga xos faylasufona qarashlar sohibi bo‘lgan insondir. Asli Shahrisabzning barlos urug‘idan bo‘lgan shoirning ota-bobolari Hindistonga ko‘chib borib, o‘sha yerda turg‘un yashab qolishgan. Hindistonning Azimobod shahri yaqinidagi Patnada davomi…