Saidvafo Boboyev. Olato‘nlik (hikoya)

Xolmatning yuragiga g‘ulg‘ula tushdi. U novcha bo‘y, sochlari o‘siq, charmkamzul kiygan yigitning anchadan beri kuzatib turganini payqab qolgan edi.“Pulga ehtiyot bo‘lish kerak, pulga”, — xayolidan o‘tkazdi Xolmat lash-lushlarini apil-tapil yig‘ishtirarkan. Uning pishiq matodan tikilgan xaltasi pulga to‘la. Naqd to‘rt yuz davomi…

Shomirza Turdimov. Sirtlon (hikoya)

U kun qizigan payt, tiqilinch avtobusda uyiga qaytdi.Bir tomoni ro‘zachilik, issiqda yo‘l yurish og‘ir keldimi, yuzlari qizarib ketdi.Eshik ochgan qizi uni ko‘rib ajablandi:– Ichdingizmi?Savol unga erish tuyuldi. Kesatib javob berdi.– Pivo!– Voy, ro‘zangiz-chi?– Uxladi.– Ichganga o‘xshayapsiz.– O‘zing o‘xshaysan.U jahl bilan davomi…

Abdunabi Abdiyev. Muallaq odam (qissa)

-1- – Ayting, men kimman o‘zi, kimman?Goho asov soydek pishqirib, ba’zan toshbaqadek sudralib o‘tayotgan umringiz mobaynida qulog‘ingizga chalingan savollar silsilasida bundan ko‘ra mavhum va betayini ehtimol uchramas, bu savol og‘rig‘ini so‘roqqa tutguvchidan o‘zga kim ham bilsin. Binoyidek gurung berib o‘tirgan davomi…

Jamila Ergasheva. O‘lim (hikoya)

Uning o‘lganligi haqidagi xabarni eshitib, unga qancha achingan bo‘lsam, o‘zimdan shuncha xavotirlandim:«Ha, o‘lim barhaq! Hali nihoyasiga yetmagan qancha ishlarim bor! »Ammo o‘lim qachon eshik qoqib kelgan? «Biz keldik, kiraversak maylimi, u yoq-bu yog‘ingni tartibga solib olganmisan, yo‘qmi?» deb.Sho‘rlik kasalmand edi, davomi…

Jamila Ergasheva. Qaytish azobi (hikoya)

Bir shirin tush ko‘rayotgan edi. Erining iddaoli nuqishidan uyg‘onib ketdi:— Ha-a?!— Telefonga…Butun a’zoyi badani sirqirayotganidan, bir amallab to‘shakdan uzildi. Qaniydi hech kim indamasa… Hech zarurat bo‘lmasa… Bir kecha-kunduz to‘yi-ib uxlasang!Elkasini qiyshaytirib xonadan chiqib ketayotgan eriga qarab g‘ijindi: «Hech bo‘lmasa, mana davomi…

Jamila Ergasheva. Jazo (hikoya)

To‘shakda yotib qolgan odamning kunlari sira o‘tmaydi, uzun bo‘ladi. Tunlari undan-da uzun bo‘ladi. Oysha xola oftobro‘yada yotib, endi ko‘zi ilingan ekan. Ko‘cha tomondan kelayotgan shovqin-surondan cho‘chib uyg‘ondi. Bir nafas butun vujudini quloqqa aylantirib, darvoza tomon tikildi. So‘kinayotgan erkak, qarg‘ab yig‘layotgan davomi…

Abdurazzoq Obro‘y. Bir kallaning ming tashvishi (hajviya)

Ertalab Sotti Salimovich ishga otlanarkan, xotiniga:— Shlyapamni buyoqqa ber, —  dedi.Xotini  shlyapani uzatarkan chimrildi.— Bozordagi narx-navodan ham xabar oling, qanday ekan?— Unda, do‘ppini ham buyoqqa ber.— O‘g‘lingizni jismoniy tarbiya o‘qituvchisi chaqirtirgan ekan. Birrov maktabga ham kirib o‘ting…— Hm-m, yaxshi. Amriqodan davomi…