Inomjon Abdiyev. Qorinboy (hajviya)

O‘marboy aka bir lagan oshni paqqos tushirib, tarelka tagidagi yog‘ni qoshlariga surtib-surtib oldi. Ustidan ketma-ket ikki piyola choyni simirib, menga “hech narsa yemading-ga”, dedi, idda-o bilan. Keyin ter bosgan peshonasini ro‘molchasi bilan artarkan, endi muddaoga o‘taver degandek,  o‘tkir qarash qildi.– davomi…

Inomjon Abdiyev. Tish (hajviya)

Kasbdosh og‘aynimiz to‘y qiladigan bo‘ldi. Sal-pal yordamlashay degan bahonada ikki-uch kun oldin bordim. Birinchi kuni to‘satdan tishimga og‘riq kirsa, deng. Ertalabgacha qurt yegan kavagiga — analgin tiqib, voy-voylab chiqdim. Yigirma yil oldin tish do‘xtiri bo‘lmay qochganim, rosa alam qildi. Sahar-mardondan davomi…

Xoliyor Safarov. Qo‘g‘irchoq (hikoya)

Ona chorpoyada ikki to‘shak o‘rtasidagi tol beshik gumbaziga bir qo‘lini qo‘yganicha maroq bilan tebratar, ikkinchi qo‘li bilan sekin baxmal pardani ko‘tarib, mayin va ichikkan tabassum bilan qarab-qarab qo‘yardi. Beshik yo‘rg‘asi bir maromda «g‘iych-g‘iych» etgan ovoz chiqarib, dastasiga osib qo‘yilgan shaldiroq davomi…

Xoliyor Safarov. Jiyron (hikoya)

Ot — insonning yo‘ldoshi.(Xalq maqoli).O‘shanda yozning o‘rtalari edi. Chorpoya yo‘qligi uchun bo‘lsa kerak, uyimiz oldida guvala g‘ishtdan o‘rtasi tuproqqa to‘ldirilgan, atrofi loysuvoq qilinib, o‘ttiz-o‘ttiz besh santimetrlar balandlikdagi qo‘lbola supa ko‘tarib qo‘yilgandi. Yoz oqshomlarida oilamiz bilan o‘sha yerda yotardik. Tartib hech davomi…

Xoliyor Safarov. Ikki sohil (hikoya)

Kechki ovqatdan so‘ng bir dasturxon atrofida o‘tirishgan oila a’zolari birin-ketin tarqalisha boshladi. Qaynona nevarasini qo‘liga oldi, xushro‘ygina kelin idish-tovoqlarni ko‘tarib, oshxonaga o‘tib ketdi. Sochlariga oq tushgan, baland bo‘yli, qorindor, yillar zahmati va bedor o‘tgan tunlardagi mutolaalar natijasi o‘laroq, qoramtir yuziga davomi…