Tursunboy Boymirov. Mirzoqul (hikoya)

Kayfiyati ertalabdan buzildi. Nonushta payti xotini yetishmovchiliklardan gap ochib qoldi. Yana qand-qurs, guruch, yog‘, bolalar uchun ul-bul… Picha ko‘z yoshi… Ayollarning ta’bi shunday: baland keladi, past bo‘ladi, keyin esa ro‘zg‘orning ishlariga ko‘milib, ko‘ngil g‘uborlari bahorning ko‘chmanchi bulutlariday tarqab ketadi.– Bolalarning davomi…

Nabi Jaloliddin. Majnun (qissa)

– Mashi skalad, Servisboy, – dedi do‘konchi qing‘ir-qiyshiq taxtalardan qilingan beo‘xshov eshikni g‘iyqillatib ochib, ichkari kirarkan. – Anovi lash-lushlarni bir tomonga taxlab, tagini tozalab berasiz. Xizmat haqi naqd – uch ming.Servisboy hech narsa demadi. Parishon ko‘zlarini g‘alati pirpiratib qo‘ydi-da, ishga davomi…

Jumaqul Qurbonov. Vafodor (hikoya)

Quyosh ufqqa sekin bosh qo‘ydi. Oqshom salqinida qo‘ylarning bir maromda o‘tlayotganini ko‘­rib, ko‘ngli tinchigan Qodir bobo gilamdek to‘shalgan maysa us­tiga yonboshladi. Atrofga cho‘kkan sukunatni ahyon-ah­yonda jonivorlarning ma’rashi, kakliklarning va har turli kushlarning sayrashigina buzib turardi. Oyoq tarafida yotgan itning nimanidir davomi…

Jumaqul Qurbonov: «Hayot o‘zi ustoz ekan» (2012)

Men tug‘ilgan Ko‘hnashahar qishlog‘i Qashqa­daryo­ning quyi oqimida joylashgan. Uning kunbotar tomonida mashhur Zanjirsaroy qal’asining xarobalari, kunchiqar tomonida esa Abdullaxonga nisbat beriladigan, biroq xalq orasida Bekcha deb ataladigan sardoba bo‘lardi. Bolaligimda qo‘y haydab yurib Zanjirsaroy xarobalarining sap-sariq g‘ishtlariga qarab chuqur xayolga davomi…

Ilhom Zoyir. Qog‘oz puli (hajviya)

Ko‘pincha mendan nega kulgili hikoyalar bitmay qo‘y­ganim haqida so‘rashadi.Bu qulog‘imga, “hajvchilar yozmasa hech kim kulmay qo‘yadi”, degandek eshitiladi. Go‘yo bizning kuldirishdan boshqa ishimiz yo‘qday.Shaxsan men, biror kulgili hikoya yozadigan bo‘lsam, avval shu hikoyaga asos bo‘ladigan voqeani tanishlarimga so‘zlab beraman. So‘zlab davomi…

Dilorom Dilxoh. Kuyuktut (hikoya)

Ochlikning azobi tutdi, har kim qo‘li-qo‘njiga ilashganini yutdi. Avval ko‘kka yetdik deb ko‘karganning barisini yeyishdi, keyin, seldrbosh ham qurib qop­ti, endi o‘lmaymiz, deyishdi. Shunda ham arpa kap­lab qancha odam shishib o‘ldi. Tirik qolgani bug‘doy pishig‘iga yetgan bo‘ldi.Erman deganning bari urushda, davomi…