Yoshingiz nechada?

Insonlardan necha yoshga kirganlarini so‘rashni madaniyatsiz savol, deb hisoblashadi. Bu yozilmagan qonun noqulay vaziyatga solmaslik maqsadida o‘ylab chiqarilgan bo‘lsa kerak. Tavallud ayyomini kimdir yuzda kulgu, yana kimdir yurakda tashvish bilan qarshi oladi. “Yana bir yoshga ulg‘aydimmi?!”. Bu yoshlikka intiladiganlar havotiri, davomi…

Suvlar bormi – bir tush aytsak…

Bobom rahmatlining ibrat olsa arziydigan jihatlari, mo‘minga xos xislatlari bisyor edi. Ayniqsa hamma narsaning uvoli bor, isrofdan saqlanish kerak, deb ko‘p aytardilar. Ariqdan oqib kelgan non burdalarini chetga olib qo‘yarkanlar, boshlarini afsus bilan chayqardilar. Suvda mag‘zava, turli chiqindilar oqib kelsa, davomi…

Qo‘shningiz tinchmi?

Yaxshi-yomon kunlarda hamfikr, hamdard qidiramiz. Ko‘pincha ular oila bag‘ridan topilsa-da, yana kimnidir kutamiz, qadamiga intiq bo‘lamiz. Bu — qo‘shnimiz.Qo‘shnichilik xalqimizda qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Shunday qo‘shnilar borki, bir oila a’zolariday. Bir-birlariga munosabatidan ko‘nglingiz yayraydi. Yana shunday qo‘shnilar ham borki…

Amalsiz amallar

Tanishim lafz, oriyat haqida yozibdi. G‘ashim keldi. Yo‘q, hasaddan emas……Keling, dastavval, uni sizga tanishtiray. Umuman olganda, o‘zi yomon odam emas. Hamma qatori. Vaqti kelsa, jahl qiladi, urishadi, so‘kadi. Bularni tushunsa bo‘ladi. Ammo… Bir “ammo”si bor-da: aytgan gapida turmaydi, va’da bersa, davomi…

Halol…

Barcha ezguliklarning, xayr­li ishlarning boshi halollikdir, desak, yanglishmasak kerak. Halollikning o‘zi kabi do‘stlari ko‘p: yaxshilik, baraka, xotirjamlik, osoyishtalik… Ehtimol, dunyoni go‘zallikdan ham oldin halollik qutqarar… Ibrat ko‘zi bilan boqsangiz, halol insonning dili, yo‘li to‘g‘ri, darajasi ulug‘. «Halol bo‘lsang, yashay olmaysan» davomi…

Nafs…

Sinov (Ertak) Qadim zamonda bir shahri azim chetidagi katta ko‘lda juda ko‘p baliqlar bo‘lgan ekan. Lekin ko‘l jonzotlarini tutib yeyish xavfli hisoblanarkan, ba’zi kunlari zaharli, ba’zi kunlari esa zaharsiz bo‘lib qolar ekan. Qaysi vaqtda zaharli bo‘lishini hech kim bilmasmish. Ochko‘z davomi…

Insof sari baraka

Rivoyat qilinishicha, Xudoyi taologa yoqmaydigan joylardan biri bozor ekan. Sababi, bozor – odamlar bir-birlarini aldaydigan joy, firibgarlar, o‘g‘irliklar makoni. Ammo bozorsiz ham kunimiz o‘tmaydi-da. Ehtiyojga yarasha narsalarni olish uchun bozorga boramiz, bor-yo‘g‘ini sotishni istaydiganlar ham o‘sha yerda…Ayni gilos pishgan mahal. davomi…

Jazo

Baxillikdan ham yomonroq kasal bormi? (Hadis) «Nodir qoraning qizi daraxtdan yiqilib o‘libdi», degan gap bir zumda butun mahallaga tarqaldi. Mash’um xabarni eshitgan borki, «Eh, yaxshi bo‘lmabdi, otasining kasofati qiziga uribdi-da», deya bosh chayqardi.Mahalla ahli Nodir qorani to‘y-hashamlar, turli ma’rakalarga chaqirmay davomi…

Uni kutyapsizmi?..

Mashina ko‘chamiz tomon burilganida endigina tong yorishib kelayotgan edi. Tirikchilik tashvishida darvozalaridan hatlayotgan qo‘shnilarimiz gap nimadaligini fahmlab, bosh chayqagancha bizni kuzatib qolishdi. O‘zimni tutib tura olmadim. Hiqillab yig‘lab yubordim. Endi hech qanday umid, hech qanday iloj yo‘q, yana bir necha davomi…


Maqolalar mundarijasi