Endi g‘iybat qilmayman

Hammasiga o‘zim aybdorman. Balki o‘sha ayollarga salom berib o‘tganimda ular bilan tortishmagan, ikki kunlab asabim buzilib yurmagan bo‘larmidim. Lekin bekordan-bekorga ortimdan gapirishlari, pastga urishlari alam qildi…Musofirchilik ekan, payti kelsa bir uydan boshqasiga ko‘chishimizga to‘g‘ri keladi. Yashayotgan kvartiramizning egasi “endi elektr davomi…

O‘n sakkizga kirmagan kim bor?

yoki kichik jamiyatning katta mas’uliyati haqida Yoshingiz nechada? Turmush qurganmisiz? Oila deganda nimani tushunasiz?Yo‘q, bu siz har doim xushlamaygina yoki aksincha — qiziqib javob beradigan anketa savollari emas. Faqat maqolani boshlashdan oldin shu haqda bilgimiz keldi. Chunki…

Na akam bor, na ukam yoxud oiladagi yolg‘izlikning sababchisi kim?

Mashhur masalchi A.Krilovning «Bo‘ri bilan qo‘zichoq» masalini mana necha-necha yillarki bolalar maroq bilan yod olib kelishadi. Maktab, bog‘cha sahnalarida kimdir bo‘ri, kimdir qo‘zichoq bo‘lib bir-birlari bilan haq-huquq talashadilar.Ayniqsa bo‘ri qo‘zichoqni yeb qo‘yish maqsadida, “o‘z aybini qonunga ham biroz to‘g‘irlamoq bo‘lib» davomi…

Shajara: Siz qaysi pillapoyadasiz?

Besh yashar jiyanim televizorda ko‘rsatilayotgan serialning qaerda tugaganligini tushuntirish uchun boshdan oyoq gapirib berganida, rosti, ajablandim. Alifbeni, karra jadvalini o‘rganishdan avval xorijiy seriallarning ta’siriga tushib qolgan, ularga qiziqish bilan yondashayotgan yosh o‘g‘il-qizlar bilan bolaligimiz orasida tafovut bor edi. Bu kabi davomi…

Achchiq saboq

«Yozning ilk kunlari. Quyoshning tonggi nurlari yuzimni chimchilab uyg‘otar, subhidamning muloyim shabadasi yuz-ko‘zimni silab, allalaganday tuyulardi. Bir zum yana o‘qishga kech qolayotganim esimga tushdi va o‘rnimdan sapchib turdim. Soat har doimgidek yerda dumalab yotar, soat millari esa hamon yetti raqamini davomi…

Oqibat va andishani asraylik

Singlimning tug‘ilgan kuni edi. Xursand qilish maqsadida uni o‘zi yoqtirgan film namoyishiga olib bordim. Alisher Navoiy san’at saroyining muhtasham zaliga tomoshabinlar allaqachon yig‘ilib bo‘lgan. Biz ham bo‘sh o‘rinlardan biriga o‘tirayotgandik, orqa tarafdan bir qiz e’tiroz bildirdi. —U yer band, boshqa davomi…

Vafodorlik

Odob, axloq qoidalari bitilgan kitoblarda vafodorlik sifati ham madh etiladi va va’daga vafo qilmoq, omonatga xiyonat qilmaslik, bergan so‘zining ustidan chiqish kabi xislatlar insoniy fazilat ekanligi uqtiriladi. Yana shunday deyiladiki, va’daga vafo qilmoq mard kishilarning ishidir. Vafo bilan ziynatlangan kishilar davomi…

O‘ng qo‘shni – chap qo‘shni

Qishning so‘nggi oyida haj safariga ketgan yurtdoshlarimiz bilan ko‘rishmoqlik nasib qildi. Bir umr orzu qilib, niyatiga yetkazganga shukrona qilib kelganlar «hoji aka», «hoji ona» deb qilinayotgan murojaatdan boshlari osmonga yetardi. Bizning o‘ng va chap tarafimizdagi qo‘shnilar ham muborak safarga borish davomi…

Yaqindagi uzoq odamlar

Tushimga buvim kiribdilar. Nimagadir mendan xafaliklarini sezdim. Adangizga yaxshi qaranglar bolam, dedilaru, g‘oyib bo‘ldilar. Vafot etgan buvimning bu gaplaridan sergak tortdim: oxirgi marta otam bilan qachon tuzukroq gaplashdim? Qachon ko‘ylaklarini yuvib bergandim-a? Ba’zan bolam-chaqam, ro‘zg‘or deb tinmay ishlayotgan otamning qachon davomi…


Maqolalar mundarijasi