Fozila Sulaymonova. «Boburnoma»ga ishlangan rasmlar (1990)

O‘zbek xalqining atoqli farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining qisqa hayoti davomida katta adabiy va ilmiy meros qoldirdi. Uning musiqa va harbiy ishga doir risolalaridan boshqa hamma asarlari bizgacha yetib kelgan. Bular orasida adibning shoh asari «Boburnoma» alohida ahamiyat kasb etadi. davomi…

Fozila Sulaymonova. Navoiyning mo‘jaz surati (1990)

Alisher Navoiyning professor A. A. Semyonov Amerika jurnalidan olib, shoirning 500 yillik yubileyi oldidan 1940 yili chop ettirgan («Portret epoxi Navoi») va yaqin vaqtlargacha yagona deb hisoblangan rasmidan tashqari boshqa tasviri yo‘q edi. Shoirning portret, haykallarini ishlagan san’at sohiblari (V. davomi…

Emin Usmon. Mas’ullik (1991)

O‘zbekiston maorif vaziriga ochiq xat BIRINChI XAT Muhtaram vazir! Bundan ikki yil muqaddam jumhuriyat radiosi orqali shu yuksak lavozimni egallab o‘tirgan sobiq hamkasbingizga murojaat qilib, bolalar tarbiyasi va maorif sohasidagi ayrim noto‘g‘ri ishlar xususidagi fikrlarim bilan o‘rtoqlashgan edim. Garchand o‘zbek davomi…

Zoir Choriyev. Mardikorlar (1991)

O‘zbek xalqi tarixining eng qora sahifalaridan biri sanalgan, biroq uzoq yillar mobaynida ijtimoiy-siyosiy sabablarga ko‘ra o‘rganilmay kelingan mardikorlikka olish voqeasi haqida so‘z yuritildimi, bas, ushbu miskin qo‘shiq xotirangiz qatidan quyilib kelaveradi: Poyezdingni jildirgan, O‘txonasi bilan do‘ngalagi, Dviniskaga ketishdi Mard yigitlarning davomi…

Ozod Sharafiddinov. Cho‘lpon — tarjimon (1990)

Cho‘lpon ijodiy balog‘atga yetgan palladan boshlab umrining oxirigacha tarjima ishlariga alohida e’tibor bilan qaragan. Shunisi ajabki, yillar davomida millatchilikda ayblanib kelgan, ya’ni millatlarni bir-biridan ajratishni, boshqalarni kamsitib, o‘z millatini ulug‘lashni maqsad qilib olishda, milliy madaniyatlar orasiga rahna solishda ayblangan Cho‘lpon davomi…

Ninel Vladimirova. Baxt izlayotgan odam (1990)

Rang-barang shakliy imkoniyatlarini namoyon qilayotgan o‘zbek hikoyachiligi hozirgi adabiy jarayonda mustaqil janr sifatida tobora faolroq ishtirok etmoqda. Buni tajribali hikoyanavis Shukur Xolmirzayev ijodi misolida, ayniqsa, uning «Haykal», «Xorazm, jonginam», «Hukumat», «O‘zbek xarakteri» asarlari jamlangan «Hikoyalar» turkumi misolida ham yaqqol kuzatish davomi…

Ubaydulla Uvatov. Imom at-Termiziy — buyuk muhaddis (1990)

Zamonaning zayli bilan kamina xizmat yuzasidan ko‘p yillar qator arab mamlakatlarida arab tili tarjimoni bo‘lib ishlashga to‘g‘ri keldi. Arablar diyorida uzoq yillar yashashning o‘zi, fikrimizcha, har qanday arabshunos uchun ham bir olam quvonchli holdir. Chunonchi, o‘zing tilini o‘rgangan diyor bilan davomi…

Sirojiddin Ahmedov. Munavvar qori (1992)

Cho‘q munavvar etdi olamni Munavvar qorimiz, Ko‘rdimiz ravshanligidin fe’limiz, atvorimiz. Ibrat oling, yoshlar, deb to‘kdi ko‘zdin yoshlar, Nutqida tahrir etib, bizlarni yo‘q-u borimiz. Chin ko‘ngildan eshitduk chin inchunin aytgan so‘zin Shuncha bid’atlarni bilduk, voy, biz iqrormiz. Tavallo El uchun kuyib-yongan, davomi…

Abdug‘afur Rasulov. Xolis baholash yo‘lidagi to‘siqlar (1989)

Baholash tanqidchilikning shunday nozik me’yor, o‘lchoviki, salgina noxolislik, zarracha xatolik san’atkor va uning asarlari haqidagi tasavvurni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Xolis baholashda munaqqidning hissasi katta. Lekin baholashda munaqqidga bog‘liq bo‘lmagan to‘siqlar ham talaygina. Badiiy adabiyot hamisha siyosat bilan yonma-yon rivojlangan, siyosat davomi…