Hamid Ziyoyev. O‘zbek xalqining shakllanishi (1990)

Bamisoli bir daraxtning shoxlari hisoblangan o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, turkmanlar, qirg‘izlar va qoraqalpoqlar asrlar mobaynida O‘rta Osiyodagi moddiy-madaniy boyliklarni yaratishda, mahalliy zolimlarga va chet ellik bosqinchilarga qarshi kurashda qo‘lni-qo‘lga berib bahamjihat harakat qildilar. Ular bir daryodan suv ichib, bir zaminda yashab davomi…

Shohrux Abdurasulov. Tolstoy va teatr

“Tolstoy va ilohiyot”,  “Tolstoy va falsafa”,  “Tolstoy va siyosat”, “Tolstoy va diplomatiya”.  Lev Nikolayevichdek ulkan mutafakkirlarning hayotiyu ijodini qay bir soha bilan bog‘lamang, mustahkam rishtalarga guvoh bo‘lasiz. Tolstoy – buyuk adib, mahobatli cho‘qqi, yirik insonshunos sifatida bashariyatning tafakkur irmoqlarini hamon davomi…

Go‘zalxon Isoqova. Yunon iboralari frantsuz tilida

Yunon adabiyoti boshqa xalqlar adabiyotiga suyanmasdan, mustaqil ravishda paydo bo‘lgan adabiyotdir. O‘z davrida yuksak taraqqiy etgan bu adabiyot miloddan avvalgi III asrda Rim madaniyatining yuzaga kelishida muhim o‘rin tutadi. Yunon – rim madaniyati Yevropa xalqlari taraqqiyotining eng qadimiy manbai hisoblanadi. davomi…

Ahmadjon Meliboyev. Sirli kelishuv bo‘lganmidi?

Dunyo tushunarli va tushunarsiz narsalardan iborat desak, xato bo‘lmas. Bir qarasang, ajablanadigan narsaning o‘zi yo‘q: kimning kimligi, nimaning nimaligi kunday ayon. Ammo kutilmaganda shunday holatlar  yuzaga keladiki, odam zoti o‘zini, yon-atrofidagilarni, har kuni ertadan kechgacha birga bo‘ladiganlarni ham tushuna olmay davomi…

Sattor Shermatov. Zebunniso ziynati

Turkiylar tamadduni, ya’ni turkiy tsivilizatsiya kishilik jamiyati taraqqiyotiga, dunyo ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shgan jahonshumul tsivilizatsiyadir. Sharqda Buyuk Xitoy devoridan boshlab, g‘arbda to O‘rtayer dengizi-yu, Qora dengiz sohillarigacha, shimolda Baykal – Boyko‘l qirg‘oqlaridan janubda Hind okeani bo‘ylarigacha bo‘lgan g‘oyatda keng hududda davomi…

Naim Karimov. Hamzani kim o‘ldirgan yoxud Shohimardonning qora bahori (1991)

Shohimardon! O, tog‘lar qo‘ynida pinhon, Go‘zal diyor, ko‘ksingda dahshatli, achchiq Qanday qonli sirlar bor?.. Yurak zirqirar Bosadi xotiralar — qora bosiriq… Oybek. Kishilarni larzaga keltirgan har qanday voqea yillar karvoni o‘tishi bilan, qor qatlamlari ostida qolgan qabrdek, o‘zining dahshatli sadosini davomi…

Mahbuba Qodirova. Nodira hayotida ijtimoiy sahifalar (1989)

Ko‘p asrli o‘zbek adabiyoti tarixida Mohlar oyim Nodira o‘ziga xos o‘rin tutadi. O‘z davri nazm gulshaniga tarovat baxsh etgan san’atkor ayni paytda o‘zining madaniyat va ma’rifatni rivojlantirish sohasidagi faoliyati bilan zamonasida «Nodirai davron» bo‘lib tanilgan edi. Shoiraning o‘zbek va fors-tojik davomi…

Nilufar Sultonova. Adabiyotda modifikatsiya jarayoni

“Modifikatsiya” lotincha so‘z bo‘lib, modus – mezon, ko‘rinish, obraz, ko‘chma xususiyat va fasio – qilmoq, amalga oshirmoq, qayta barpo qilish, yangi xususiyat kasb etish bilan shaklning o‘zgartirilishi ma’nosini bildiradi. Modifikatsiya tushunchasining asosida faylasuf Spinozaning mashhur substantsiya va modus haqidagi umumfalsafiy davomi…

Abduqodir Hayitmetov. Maftunkor g‘azallar (1990)

Adabiyotimiz tarixida bitta ham yirik asar yaratilmagan davrlar bo‘lgan. Lekin lirik she’riyat, lirik shoirlar doim bo‘lgan. Bunday shoirlar o‘z she’rlari bilan badiiy ijod olovini o‘chirmay, uning cho‘g‘ini o‘zlaridan keyingi avlodlarga meros qoldirib kelganlar. Zero, she’riyat hamisha zamon va inson xizmatida davomi…