Rahmon Qo‘chqor (1961)

Rahmon Qo‘chqor (Rahmon O‘rmonovich Qo‘chqorov) 1961 yil 18 iyun kuni Andijon shahrida tug‘ilgan. 1987 yili Toshkent davlat universitetining O‘zbek filologiyasi fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1991 yilda “Abdulla Qahhor romanlarining ijodiy tarixi” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. O‘zbekiston televideniyesida davomi…

Hamidjon Homidiy (1935-2024)

Hamidjon Homidiy 1935 yil 4 oktyabrda Namangan viloyati, Kosonsoy shahrida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, Kosonsoy bosmaxonasida xarf teruvchi, gazetaning ma’sul kotibi bo‘lib ishlagan. 1956-61 yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi universitet)ning “Tarix-filologiya” fakultetida tahsil olgan. 1967 yili “Firdavsiy davomi…

Berdiali Imomov. Ko‘p qirrali san’atkor (1990)

G‘ulom Zafariy o‘zbek sovet adabiyotining yuzaga kelishiga, uning hayot talablariga ko‘ra davr kishilarining ma’naviy ehtiyojlarini qondirish ishiga munosib hissa qo‘shgan so‘z san’atkorlaridan biridir. Ijodini Ulug‘ Oktyabr g‘alabasigacha boshlagan bu adib she’r va piyesalarida davrning qoloq tomonlarini, ayniqsa, yoshlar hayotida uchrovchi davomi…

Sirojiddin Ahmedov. Xalqi uchun yongan (1990)

Sanjar Siddiq hayotiga bir nazar O‘zbek matbuoti, teatr tanqidchiligi namoyandalari haqida gap ketganda, beixtiyor, Sanjar Siddiqning siymosi kishi ko‘z oldiga keladi. Zero, uning tarjimonlik, tanqidchilik, muxbirlik faoliyati hozir ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Sanjar Siddiq — Bosit Siddiqovning adabiy taxallusi. U davomi…

Anvar Hojiahmedov. Ilmga sadoqat (1989)

Ulug‘ Vatan urushi davom etayotgan 1943 yilning bahori. O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining ilmiy xodimi G‘ulom Karimov mashhur sharqshunos va adabiyotshunos olim Yevgeniy Eduardovich Bertels Toshkentga ko‘chib kelib, shu ilmiy dargohda ish boshlayotganini eshitib quvonib ketdi. Ertasi davomi…

Boybo‘ta Do‘stqorayev (1941-2021)

Taniqli olim, publitsist, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori Boybo‘ta Do‘stqorayev 1941 yili Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan. ToshDU (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetida 1969 yildan ish boshlagan. Umrining so‘nggi yillarida davomi…

Miyon Buzruk Solihov (1891-1938)

Miyon Buzruk Solihov (1891 — Toshkentning Qashqarcha mahallasi — 1938.4.10) — adabiyotshunos, folklorshunos va san’atshunos olim. Istanbul universitetini tugatgan (1927). O‘zbekistonga qaytgach (1927), O‘rta Osiyo universiteti sharq fakuletida o‘zbek tili va adabiyotidan dars bergan (1927—31). Tojikiston davlat maorif institutida o‘qituvchi davomi…

Amir Fayzulla (1945-2020)

Amir Fayzulla 1945 yil 15 yanvarda G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. 1968 yili Toshkent Davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi – hindshunos. U 1967–1971 yillari G‘allaorol tumanidagi maktablarda o‘qituvchi, 1971–1975 yillari G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda muharrir, 1975–1990 yillari “Progress” nashriyotida bo‘lim mudiri, davomi…

Saydi Umirov (1938-2020)

Adabiyotshunos olim, munaqqid, O‘zbekiston yozuvchilar, jurnalistlar ijodiy uyushmalari a’zosi, Respublikada xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “Oltin qalam” mukofoti sovrindori Saydi Umirov 1938 yil 10 fevralda Samarqand viloyati Payariq tumani Jo‘raboy qishlog‘ida tug‘ilgan. U Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Saydi Umirov davomi…