Ali Muhammad ar-Roqiy (1934)

Ali Muhammad ar-Roqiy 1934 yili Liviyada tug‘ilgan. MENING VATANIMDA… Ishq tark etdi. Olislarda qoldi muhabbat. Sevgim ketdi. Armon qoldi, bitmas yara kabi g‘am qoldi faqat. Bu achchiq qasidam ishq haqda emas, achchiq armon haqda ham emas. Bugun seni kuylayman, ona davomi…

Bayram At-Tunisiy (XX asr boshi)

Bayram At-Tunisiy – XX asrning birinchi yarmida ijod qilgan misrlik shoir. MUNAJJIM Derlar, munajjimlar Dono azaldan. Bilarmish taqdirni Ular avvaldan. Men ishonolmayman, Dilda alanga – Bermam munajjimga Hatto bir tanga! Dil daftarim titib Nima qilaman: O‘zimdan o‘tganni O‘zim bilaman. Kuymayman, davomi…

Issam Xammad

TABIATNING ShOIRGA AYTGAN SO‘ZLARI Meni qo‘y. Go‘zalligim haqida qasidalar kuylashing jonimga tegdi. Satrlaringda uyqusirab totilgan hislar, oyning shu’lasi, novdalarning shitirlashi va irmoqlarning shildirashi madh etilar… Jonimga tegdi bunday satrlar. Sening ko‘zlaring tunning miltiragan yog‘dusidan qanday bahra topar, minglab odamlarning nigohlaridan davomi…

Konstan Byurno (1892-1975)

Konstan Byurno (Constant Burniaux) – belgiyalik shoir, yozuvchi, tanqidchi. “Tentaklik”, “Akvarium”, “Notinch damlar”, “Kalloo – tasavvurdagi qishloq” romanlari, “Hajviya va muhabbat haqida”, “Katerina” kabi ko‘plab novellalar muallifi. Frantsuz tilida ijod qilgan. BU HAQDA O‘YLAB KO‘RING Bu telbalik haqda o‘ylab ko‘ring, davomi…

Nguyen Bin Kxiyem (1491-1585)

* * * Mening mag‘lubligim, g‘olibliklarim – bugun arzimasdir qimmat bir pulga. Barcha shon-shuhratim, hurmat-izzatim jon deb almashaman bir dona gulga, bir piyola mayga… Oq bulutlarni ko‘rpa qilib yotsam menga yetarli – sokinlikni totsam menga yetarli. Tiriklik g‘amidan kechdim tamoman, davomi…