Nurullo Oston. Patti shayir (hajviya)

Odamzod oxir zamon haqida ko‘p cho‘pchaklar to‘qigan. Oxir zamon bo‘lsa, er yorilib, Ya’juj-Ma’juj chiqib kelarmish, uning kallasi oltita, qo‘li o‘n ikkita  bo‘larmish, duch kelgan narsani yamlab yutarmish, odamlar uchar gilamlarda ucharmish, dunyoning bu chakkasidan turib u chakkasini ko‘rib turarmish. Bularning davomi…

Nurullo Oston. Xudo bandam desin (hajviya)

Yaratgan bandasini loydan bino qilganida, bir payt kelib, uning bandaga aylanib ketishini hisob-kitob qilib qo‘ymagan bo‘lsa kerak. Shundan hamma joyni izm-izmlar bosib ketdi. Avval banditizm paydo bo‘ldi, keyin banda o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqib, anarxizm yuzaga keldi, keyin vandalizm, kapitalizm, imperializm, davomi…

Nurullo Oston. Ega-kesim (hajviya)

Qadim zamonlarda bir podsho hardamxayollik kasaliga mubtalo bo‘lgan ekan. Shuning uchun   xayoliga kelgan har xil gaplarni gapirib yuboraverar ekan. Uning donishmand vaziri har bir gapini oqillik bilan tuzatib turar ekan. Kunlardan birida podsho allaqaydan kelgan elchilarni qabul qiladigan bo‘lipti. -Podshohim, davomi…

Nurullo Oston. Jomso‘z (hajviya)

Jomso‘z yaxshi narsa-da. Bir-biringni maqtaysan, hamdu sanolar aytasan, ko‘proq ichib qo‘ysang, ko‘ngling buzilib ko‘z yosh to‘kib olasan. Jomso‘zni ayniqsa gurjilar boplaydi. “Ya vipyu za tvoy grob, sdelanniy iz duba i kotoriy tolko vchera posadili”, -deydi. Yahyo Tog‘ada ham ancha-muncha jomso‘zlar davomi…

Nurullo Oston. Haydalish kuyi (hajviya)

…Otabek choyxonaning avloq xonasida bo‘za ichayapti. Hofiz nola qilayapti. U chalg‘uvchini yoniga imlaydi. -Qaysi kuyni chalishni buyuradilar, Bek? -Bilsangiz, haydalish, ajralish kuyini chalingiz… -Bunday kuy borligini birinchi bor sizdan eshitishim… -Bilmasangiz, bilganingizni chalingiz… Otabek to‘g‘ri aytgan ekan, haydalish kuyi bor davomi…

Nurullo Oston. Pul (hajviya)

Olimlarning tadqiqotlariga qaraganda inson o‘z umri davomida miyasining 6 foyizinigina ishlatarkan xolos. Qolgan 94 foizi ekilmagan qo‘riq, huvillagan dala! Hoy, dalang bo‘sh yotibdi-ku, biror narsa ekmaysanmi, demaydi hech kim. Chunki o‘sha gapni aytadigan odamning ham dalasi huvillab yotipti. Ha, keling, davomi…