Mirzakalon Ismoiliy (1908-1986)

Taniqli adib, mohir tarjimon Mirzakalon Ismoiliy 1908 yil 15 oktyabrda Qirg‘izistonning O‘sh shahrida dunyoga keldi. Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng u bolalar uyida tarbiyalandi. Toshkentga kelib, Erlar bilim yurtida ta’lim oldi. 1928— 1930 yillarda O‘rta Osiyo Davlat universitetining Sharq fakultetida o‘qidi, o‘qituvchilik davomi…

Hamid Olimjon (1909-1944)

Iste’dodli shoir, dramaturg, olim va jamoat arbobi Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida dunyoga keldi. Narimonov nomidagi boshlang‘ich maktabni tugatgach, Samarqand pedagogika bilim yurtida (1923—1926), so‘ng Pedakademiyada (1926— 1931) o‘qidi. Hamid Olimjon talabalik yillaridayoq she’riyatga qiziqdi. Uning asarlari davomi…

Komil Yashin (1909-1997)

Atoqli adib va jamoat arbobi Komil Yashin (Komil No‘monov) 1909 yil 25 dekabr kuni Andijon shahrida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatgach, 1925 yili Leningradga borib, O‘rmon xo‘jaligi institutiga o‘qishga kiradi. So‘ngra maktabda o‘qituvchilik qiladi. 1930—1936 yillarda Yashin O‘zbek Davlat muzikali drama davomi…

Parda Tursun (1909-1957)

XX asrning 30-50-yillarida ko‘zga ko‘ringan yozuvchilardan biri Parda Tursundir. U 1909 yil 7 noyabrda Namangan viloyati, Pop tumanidagi Chorkesar qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ildi. Ota-onadan erta yetim qolgan Parda Tursun sarson-sargardonlikda hayot kechiradi. Ayovsiz yillar shamoli uni 1918 yilda Chorkesar qishlog‘idan davomi…

Mirtemir (1910-1978)

O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir 1910 yil 30 mayda Qozog‘iston respublikasiga qarashli Turkiston shahrining Iqon qishlog‘ida tug‘ildi. U eski maktabni bitirgach, 1921 —1923 yillarda Toshkentdagi «Almaiy» nomli bolalar namuna maktabida tarbiyalanadi. So‘ng 1925 yili o‘zbek Erlar bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni davomi…

Izzat Sulton (1910-2001)

Yirik adabiyotshunos, iste’dodli dramaturg Izzat Sulton 1910 yil 21 noyabrda O‘sh shahrida hunarmand oilasida tug‘ildi. Otasi vafotidan keyin bolalar uyida tarbiyalandi. 1924 yilda u Toshkentga o‘qishga keladi. Avval «Namuna» ish maktabi, so‘ngra ta’lim-tarbiya texnikumida o‘qiydi. Texnikumni tamomlagach, maktablarda o‘qituvchilik qiladi. davomi…

Mamarasul Boboyev (1911-1969)

Iste’dodli shoir Mamarasul Boboyev o‘z asarlarida aniq voqelikni, inson go‘zalligini kuylab, kishilarning yorqin obrazini yaratishga intildi. Mamarasul Boboyev Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida 1911 yil 3 aprel kuni tug‘ildi. U dastlabki ma’lumotni Navoiy nomli maktabda oldi. Shoir 1927 yilning kuzida Buxorodagi davomi…

Usmon Nosir (1912-1944)

30-yillarning ko‘zga ko‘ringan, el og‘ziga tushgan iste’dodli shoiri Usmon Nosir 1912 yil 13 noyabrda Namangan shahrida dunyoga keldi. Yoshligi Qo‘qonda bolalar uyida o‘tgan Usmon o‘rta maktabni bitirgach, 1931 yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universitetining til va adabiyoti fakultetida davomi…