Cho‘lpon (1897-1938)

O‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon 1897 yilda Andijonning Qatorterak mahallasida savdogar oilasida dunyoga kelgan. Otasi Sulaymonqul Mulla Muhammad Yunus o‘g‘li (1874 — 1929) dastlab dehqonchilik, so‘ngra bazzozlik bilan shug‘ullangan. Taniqli jurnalist va yozuvchi Mo‘minjon Muhammadjonov «Turmush davomi…

Elbek (1898-1939)

Qatag‘onlik davri o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Elbek (Mashriq Yusupov)dir. U 1898 yilda Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanining Xumson qishlog‘ida tavallud topgan. «Men,— deydi shoir o‘z tarjimai holida,— 1905 yilda eski qishloq maktabiga kirib o‘qidim. Bu maktabda to‘rt yil o‘qib, davomi…

Charxiy (1900-1979)

Mumtoz adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini yangi tarixiy davrda davom ettirgan shoir Asqarali Hamroali o‘g‘li Charxiy Qo‘qonda 1900 yil 23 fevralda tavallud  topdi. Boshlang‘ich ma’lumotni eski maktabda olgan Asqarali otasidan husnixat mashq qilishni, onasidan she’r yozishni o‘rgandi. Bo‘lg‘usi shoir Hofiz, Sa’diy, davomi…

G‘ayratiy (1902-1976)

O‘zbek adabiyoti ravnaqiga o‘z ulushini qo‘shgan adiblardan biri G‘ayratiy—Abdurahim Abdulla o‘g‘li 1902 yil 15 fevralda Toshkentning Degrez mahallasida hunarmand oilasida dunyoga keldi. Uning otasi o‘qimishli, adabiyotga qiziqqan kishi bo‘lgan. Onasidan erta judo bo‘lgan Abdurahim mahalladagi Oyimxon aya qo‘lida tarbiya topgan. davomi…

G‘afur G‘ulom (1903-1966)

O‘zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri G‘afur G‘ulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida tavallud topdi. To‘qqiz yoshida otasidan, o‘n besh yoshida onasidan yetim qolgan G‘afur avval eski maktabda, so‘ngra rus-tuzem maktabida ta’lim oldi. U Oktyabr to‘ntarishidan keyingi yillarda davomi…

Botu (1904-1938)

Botu iste’dodli shoir va jamoat arbobi edi. U o‘zining tarjimai holida: «Men Botu— Mahmud Maqsudovich Xodiyev 1904 yil 14 mayda Toshkentning Qaldirg‘och mahallasida mahsido‘z — kambag‘al oilasida tug‘ilganman…» deb yozadi. Boshlang‘ich ta’limni eski usuldagi maktabda olgan Botu dastlab Moskvadagi Pokrovskiy davomi…

Chustiy (1904-1983)

Shoir Chustiy mumtoz adabiyotimiz bilan yangi davr adabiyoti oralig‘idagi ko‘prikni yaratgan va aruznavislik san’ati an’analarini rivojlantirgan adiblar sirasiga kiradi. Shunga ko‘ra u Habibiy, Sobir Abdulla, Charxiy kabi g‘azalnavis va qo‘shiqchi shoirlar qatoridan munosib o‘rin egallaydi. Chustiy shoirning adabiy taxallusi bo‘lib, davomi…

Abdulla Alaviy (1903-1931)

Cho‘lponning yaqin do‘sti va shogirdlaridan biri Abdulla Alaviy 1903 yili Toshkent viloyatining Piskent tumanida ziyoli oilasida dunyoga keldi. Bolalik paytlaridanoq tarix va adabiyot bilan qiziqdi, madrasa ta’limi bilangina cheklanib qolmay, xususiy mutolaa yo‘li bilan ham bilim doirasini behad kengaytirdi. Ayni davomi…

Shokir Sulaymon (1900-1942)

XX asr o‘zbek milliy-ijtimoiy, adabiy va madaniy harakatida faol qatnashgan siymolardan biri Shokir Sulaymondir. U ham she’riyat yoki nasr bilan shug‘ullanmasin, ham publitsist yoki adabiy munaqqid sifatida qalam tebratmasin hamisha ma’rifatparvarlik g‘oyalarining tolmas targ‘ibotchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Shokir Sulaymon 1900 davomi…

Xurshid (1892-1960)

O‘zbek mumtoz adabiyoti bilan XX asr yangi adabiyotini bir-biriga bog‘lab turuvchi ko‘priklardan biri Shamsiddin Sharafiddin o‘g‘li Xurshiddir. U o‘zbek dramaturgiyasiga poydevor qo‘ygan dastlabki ijodkorlardan biri, shoir, yozuvchi, tarjimon va rejissyordir. Ana shu ko‘p qirrali va samarali ijodiy faoliyati uchun 1990 davomi…