Obidjon Mahmudov (1871-1936)

Turkistondagi jadidchilik harakati vakili, yirik sarmoyador, noshir va jamoat arbobi va siyosat arbobi Obidjon Abdulxoliq o‘g‘li Mahmudov Farg‘ona taraqqiyparvarlarining peshqadam vakilidir. U 1871 yili Marg‘ilonda tug‘ilgan. Taxminan 1898 yilda Cheleken yarim oroli (Kaspiy dengizi)ga borib, turli ishlar bilan mashg‘ul bo‘ldi. davomi…

Muso Saidjonov (1893-1937)

Buxoro jadidchiligining yirik namoyandalaridan va ma’rifatparvar, tarixchi olim, professor (1935), taraqqiyot yo‘lida milliy harakatning faol qatnashchilaridan biri Muso Saidjonov 1893 yili Buxoro shahrida savdogar oilasida tug‘ilgan. Mirarab madrasasini bitirib, Kogondagi rus-tuzem maktabida o‘qigan. M.Saidjonov ilmga qiziqib, arab, fors, turkiy tillar, davomi…

Ishoqxon to‘ra Ibrat (1862-1937)

Ishoqxon Junaydullaxo‘ja o‘g‘li Ibrat ma’rifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o‘zbek matbaatchilaridan bo‘lib, 1862 yilda Namangan yaqinidagi To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan. Dastlabki ma’lumotni eski maktabda, so‘ngra onasining qo‘lida oladi. Keyinroq Qo‘qonga borib madrasaga o‘qishga kiradi. Ishoqxon Ibrat 1886 yilda madrasani davomi…

Bobooxun Salimov (1874-1929)

Davlat va siyosat arbobi, ma’rifatparvar Bobooxun Salimov 1874 yili Gurlan bekligida qozikalon Salimoxun oilasida dunyoga keldi. Asli ismi Muhammad bo‘lib, unga hurmat yuzasidan Bobooxun deb taxallus berilgan. U boshlang‘ich ta’limni olgach, Xiva shahridagi Olloqulixon madrasasida tahsilni davom ettiradi. Arab, fors, davomi…

Abduqodir Shakuriy (1875-1943)

Ma’rifatparvar, pedagog Abduqodir Shakuriy 1875 yilda Samarqandning Rajabamin qishlog‘ida bog‘bon oilasida tug‘ildi. Shakuriy eski usuldagi maktabni tamomlaganidan keyin Samarqand shahridagi madrasaga o‘qishga kiradi. Shakuriy rus gimnaziyasiga borib, uning ichki tartib qoidalari va o‘qitish usullari bilan tanishadi. Shundan keyin yosh muallimda davomi…

Ashurali Zohiriy (1885-1937)

Taniqli ma’rifatparvar, yirik tilshunos, lug‘atshunos, adabiyotshunos olim, jurnalist va tarjimon, Turkistondagi jadidchilik harakatining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri Ashurali Zohiriy 1885 yili Qo‘qon yaqinidagi Oyim qishlog‘ida tug‘ilgan. U dastlab Qo‘qondagi Madalixon madrasasida tahsil ko‘radi (1914), arab va fors tillarini puxta egallaydi, davomi…