Zafar Diyor (1912-1946)

O‘zbek bolalar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Zafar Diyordir. U 1912 yili Namangan viloyatining Chust tumanida kambag‘al dehqon oilasida tug‘ildi. Avval eski maktabda, so‘ng bolalar uyida ta’lim oldi. Bo‘lg‘usi shoir 1927 yilda Narimonov nomli o‘zbek erlar bilim yurtiga o‘qishga kirib, davomi…

Amin Umariy (1913-1942)

Sho‘ro davri o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakili Amin Umariy 1913 yili Qo‘qonda xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. Otasi Umar aka eski maktablarda muallimlik qilgan. Onasi Nisobibi didli, zukko ayol hisoblangan. Shu sabab Amin Umariy oilada yaxshi tarbiya ko‘rgan, xatli-savodli bo‘lib voyaga davomi…

Zulfiya (1915-1996)

O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 mart kuni Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. Shoira xotin-qizlar bilim yurtida o‘qigan vaqtlaridayoq (1931—1934) adabiy to‘garaklarda she’rlar mashq qila boshladi. 1935—1938 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti davomi…

Hakim Nazir (1915-2008)

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir 1915 yil 15 oktyabrda Toshkentning Arpapoya mahallasida mahsido‘z kosib oilasida tavallud topdi. Boshlang‘ich ma’lumotni uyida onasi Malika otin maktabida olgan. Mehnat faoliyatini 15 yoshidan oyoq-kiyim fabrikasida boshlagan, ishlab turib, kechki yshchi-yoshlar maktabida o‘qishni davom ettirgan. davomi…

Sharof Rashidov (1917-1983)

Taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917 yilning 6 noyabrida Jizzax shahrida dehqon oilasida tavallud topgan. Narimonov nomidagi o‘rta maktabda dastlabki ma’lumotni olgach, Jizzaxdagi pedagogika texnikumida o‘qigan. 1941 yilda esa Samarqand davlat universitetini tugatgan. Shundan so‘ng u muallim va davomi…

Nazarmat (1917-2009)

Jangchi shoir, oqsoqol adiblardan biri Nazarmat (Egamnazarov) 1917 yilning 7 noyabrida Tojikiston Respublikasi, Xo‘jand viloyati, Nov qishlog‘ida dunyoga kelgan. U shoir Ashirmatning ukasi bo‘lib, 1935 yilda o‘rta maktabni tugatgach, Samarqand Universitetiga o‘qishga kelgan. 1941 yilda dorilfununni bitiriboq urushga ketgan. U davomi…

Rahmat Fayziy (1918-1988)

Taniqli adib Rahmat Fayziy 1918 yil 10 sentyabr kuni Toshkentda Beshyog‘och dahasining ikkinchi tikonli mozor mahallasida mayda kosib oilasida dunyoga keldi. U o‘rta maktabni tugatib, elektr-mexanika texnikumida o‘qidi. So‘ng «Lenin uchquni», «Yosh leninchi» gazetalari muharririyatlarida ishladi. Uning dastlabki she’riy mashqlari, davomi…

Turob To‘la (1918-1990)

Qo‘shiqchi shoir va dramaturg Turob To‘la 1918 yil 24 dekabr kuni Qozog‘iston respublikasi Chimkent viloyatiga qarashli Turbat qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilib, bolalar uyida tarbiyalandi. 1933—1941 yillarda Toshkent pedagogika institutining kechki bo‘limida tahsil oldi. Shu bilan birga, «Yosh kuch» jurnali, «Yosh davomi…