Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919)

Buyuk ma’rifatparvar adib, alloma va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875 yili Samarqand shahrida muftiy oilasida dunyoga keldi. Ziyolilar oilasidagi muhit undagi adabiyotga, siyosatga, ma’rifatga bo‘lgan qiziqishini tezroq ro‘yobga chiqishiga yetakladi. Uning otasi islom huquqshunosligi bo‘yicha yirik mutaxassis bo‘lib, bu borada davomi…

Abdurauf Fitrat (1886-1938)

Fitrat (taxallusi; asl ism-sharifi Abdurauf Abdurahim o‘g‘li) (1886, Buxoro — 1938,4,10, Toshkent) — yozuvchi, tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, san’atshunos va siyosatshunos olim, davlat va jamoat arbobi. Birinchi o‘zbek professori (1926). Mir Arab madrasasida tahsil ko‘rgan. 1902—03 yillarda haj safari munosabati bilan davomi…

G‘ulom Zafariy (1889-1938)

G‘ulom Zafariy ko‘pqirrali ijod sohibi bo‘lib, u o‘zbek milliy teatri, teatr tanqidchiligi, musiqa madaniyati, qolaversa, milliy adabiyotimiz tarixida munosib o‘rin egallaydi. U 1889 yili Toshkentning Beshyog‘och dahasiga qarashli Kattabog‘ mahallasida tavallud topti. Avval eski maktabda, xususiy rus maktabida, Ko‘kaldosh madrasasida davomi…

Habibiy (1890-1980)

Zokirjon Holmuhammad o‘g‘li Habibiy mumtoz she’riyatimizning eng yaxshi an’analarini davom ettirgan va rivojlantirgan shoirdir. U o‘z g‘azallari bilan xalqimizning umid va intilishlarini, ruhiy kamolotini ifodalab keldi. Habibiy 1890 yili Andijon viloyatining Paxtaobod tumaniga qarashli Qo‘qon qishloqda dehqon oilasida tug‘ildi. U davomi…

Abdulla Qodiriy (1894-1938)

O‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 1894 yil 4 oktyabrda Toshkent shahrida tug‘ildi. Uning tarjimai holidagi quyidagi so‘zlar yozuvchining 1926 yilga qadar kechgan hayotiga oydinlik kiritadi: «Har holda bemavridroq bo‘lsa kerak, kambag‘al, bog‘bonlik bilan kun kechirguchi bir oilada… davomi…