Amir Fayzulla 1945 yil 15 yanvarda G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. 1968 yili Toshkent Davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi – hindshunos.
U 1967–1971 yillari G‘allaorol tumanidagi maktablarda o‘qituvchi, 1971–1975 yillari G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda muharrir, 1975–1990 yillari “Progress” nashriyotida bo‘lim mudiri, 1990–1994 yillari “Xalq merosi” nashriyotida muharrir, 1994–1997 yillari O‘zbekiston radiosida tarjimon, 1997–2020 yillari “Jahon adabiyoti” jurnali “Sharq adabiyoti” bo‘limida yetakchi muharrir, bo‘lim mudiri vazifalarida ishlagan.
Amir Fayzulla Hindiston, Surinam, Gollandiya, Moskvadagi ilmiy anjumanlarda qatnashgan. Hindiy, urdu va rus tillaridan o‘zbek tiliga 30 dan ortiq roman va qissa, 400 seriyadan ortiq hind filmini tarjima qilgan, yuzlab publitsistik va ilmiy-ma’rifiy maqolalar yozgan.
U “Hind xalq ertaklari”, “To‘tinoma” va “Ayyor vazir” nomli hind ertaklarini (1990), Krishan Chandar, Yashpal, Premchand, Bhisham Sahniyning hikoyalarini (1960–1987), “Otash nafaslar” (1973), “Indiraning sovg‘asi” hikoyalar to‘plamlarini (1989), Prem Chandning “Najot” (1976), “Jang maydoni” (1983), “Fidoyi” (2003), “Sevgi in’omi” (2007), “Nirmala” (2016), Jagdish Chandarning “O‘z uyida begona” (1980), Bhisham Sahniyning “Basantiy” (1997), Krishan Chandarning “Bir qizga ming oshiq” (2011) kabi romanlari va Kartar Singx Duggalning “Kuzning to‘linoy kechasi” (2000) qissasini hindiy tilidan o‘zbek tiliga o‘girgan.
Mahatma Gandining “Mening hayotim” (2009) asarini rus tilidan tarjima qilgan. Shuningdek, u Reydar Xaggard, Teodor Drayzer, Bulver Litton, Jamol al-G‘iytoniy, Lobsang Rampa, Irvin Shou va Mo Yan kabi jahon adiblarining til va uslubiy jihatdan murakkab, ammo umuminsoniy ahamiyatga ega qator asarlarini rus tilidan tarjima qilgan.
Amir Fayzulla “Mahobhorat”, “Mirzo G‘olib”, “Ramayana”, “Bobur” seriallarini, “Sangam”, “Xir va Ranjxa”, “Ona”, “Chaqiriq”, “O‘kinch”, “Hind Tarzani”, “Mohra (Piyoda)”, “Muqaddas qasam”, “Ko‘zboylagich”, “Shohanshoh”, “Bayju Bavra”, “Xayr, shirin orzular”, “Miskinlar homiysi”, “Gul va olov”, “Zarba”, “Makkor” kinofilmlarini o‘zbek tiliga bilan o‘girgan.
Amir Fayzulla o‘zbek tilidan hindiy va urdu tillariga ham o‘zbek adiblarining bir qancha asarini tarjima qilgan. Uning urdu tilida “O‘zbekiston shoirlari” (1972) hindiy tilida esa “Mustaqil O‘zbekiston shoirlari” (1995) va “O‘zbek adabiyoti namunalari hindiy tilida” (2014) to‘plamlarida tarjimalari chop etilgan.
Uvaysiyning “Uvaysiyman”, “Zaboningni”, “Dilrabo, yuzin uzra”, “Oshiq bo‘lmisham”, “Aylamish”, “Yaxshi”, “Ko‘ngul dog‘ o‘ldi”, “Eshitgil arz ahvolimni”, “Kimdurur”, “O‘zni izhor oftob” g‘azallari va “Anor” chistoni, Nodira she’riyatidan “Farhod agar”, “Bahor keldi”, “Shitob aylab”, “Beray jon visol ichra”, “Soqiy, menga qadah tut”, “Na gul sayr ayla”, “Vasl uyin obod qildim”, Muazzamxondan “Ko‘ngluma ozor har soat”, “Dilbarimni yod qilsam”, “Bemadoru, bemadoru, bemador” va Mahzuna muhammaslarini hindiy tiliga tarjima qilgan.
Amir Fayzullaga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni (2000), “Mustaqillikning 25 yilligi” ko‘krak nishoni, Tojikiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Badiiy fanlar universitetining faxriy doktori unvoni (2018) berilgan. “Chet elda hindiy tilini o‘qitish, tashviqot va targ‘ibot etish sohasidagi muhim faoliyati uchun” Hindiston davlati va Markaziy hindiy tili instituti tomonidan doktor Jorj Grirson nomidagi xalqaro mukofot (2020) bilan taqdirlangan. 1984 yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
Amir Fayzulla 2020 yil 21 dekabr kuni 76 yoshida vafot etgan.
Amir Fayzulla maqolalaridan:
Amir Fayzulla. Ikki xalq duojo‘yi
Mahkam Mahmudov, Amir Fayzulla. Bolalar adabiyotining bilag‘on tarjimoni
Amir Fayzulla, Otabek Safarov. O‘zbek tarjimachiligining munosib vorisi (Mirziyod Mirzoidov)
Amir Fayzulla. Yashab qolishga imkon berilgan adib (Andrey Platonov)
Amir Fayzulla. Shoh Jahon
Afrika ovozi – Nelson Mandela
Dunyoning buyuk romanlari: Fransua Rable. Gargantyua va Pantagryuel
Amir Fayzulla tarjimalaridan:
Mo Yan. Musallas mamlakati (roman)
Gotfrid Keller. Qishloqlik Romeo va Juletta (qissa)
Vilyam Bekford. Vatek (xalifa Vosiq qissasi)
Abdug‘affor Abdujabborov. So‘nggi qor (qissa)
Andrey Ananov. Oshig‘im olchi bo‘ldi (qissa)
Uilyams Tennessi. “Orzu” tramvayi (drama)
Ejen Ionesku. Qadrdonlar (10 sahnali pesa)
Genrik Senkevich. Yanko musiqachi (hikoya)
Genrik Senkevich. Farishta (hikoya)
Hel Porter. Birinchi muhabbat (hikoya)
Dmitrios Xadzis. Hur qiz Margarita (hikoya)
Krishan Chandar. Ayol qalbi (hikoya)
Rabindranat Tagor. Sohil hikoyasi (hikoya)
Aleksandr Kuprin. So‘nggi ijro (hikoya)
O’Genri. Yigirma yildan so‘ng (hikoya)
Deyl Karnegi. Imkonni boy bermang!
Somdev. Dostonlar ummoni (birinchi kitob)
Somdev. Dostonlar ummoni (ikkinchi kitob)
Patrik Modiano. Mening syujetim – zamon (Nobel ma’ruzasi)
Mo Yan. Qissago‘y (Nobel ma’ruzasi)
Vidiya Naypol. Ikki dunyo (Nobel ma’ruzasi)
Aleksandr Tarasov. Taqirboshlar (2000)
Anastasiya Grib. Jahon madaniyati o‘choqlari
Georgiy Zotov. «Dada Sasha»ning afg‘on qizalog‘i
Boris Kostomarov. Odessalik Xammer: Kazzoblikda kechgan umr
Ahmad Fayz. Ozodlikka maktublar
Fransua Berne. Boburiylar saltanatining so‘nggi tarixi
Eldor Muxtorov. Shamolda yongan olov
Qaldibek Seydanov. Navoiy va Abay
Ivan Dzyuba. Bajan va Navoiy
N. I. Konrad. Renessans va Navoiy
Iftixor Orif (1944)
Ali Sardor Ja’fariy (1913-2000)
Shaylendra (1923-1966)
Vishvanath Prasad Tivariy (1940)
Kunvar Bechayn (1942)
Kabir (1440-1518)
Yogendrantha Sharma “Arun”
Alka Sinh
Sunita Reyna
Anil Janvijay