Atoxon Sayfulloyev (1933-2017)

O‘nlab ilmiy-ommabop va tadqiqot kitoblari, bir qator nasriy va she’riy majmualar muallifi. Filologiya fanlari doktori, professor. Dramaturgiya bilan ham shug‘ullangan. Ro‘dakiy nomidagi Davlat mukofoti hamda Kamol Xo‘jandiy, Mirzo Tursunzoda nomidagi mukofotlar sohibi. DO‘ST Ko‘zlarim ravshan erur do‘stning diydoridan, Kom shirin davomi…

Ida Gramko (1925-1994)

Ida Gramko (Ida Gramcko) – shoira, adiba, dramaturg. Venesuela she’riyatining ulkan namoyandalaridan biri. 1943–1946 yillarda mamlakatning yirik gazetasi bosh muharriri bo‘lgan. Venesuela Markaziy universitetining falsafa fakultetida tahsil olgandan so‘ng shu yerda talabalarga dars bera boshlagan. Falsafiy va muhabbat mavzuidagi she’rlari davomi…

Fransisko Luis Bernardes (1900-1978)

Fransisko Luis Bernardes (Francisco Luis Bernárdez) 1900 yilda Argentinaning Buenos-Ayres shahrida tavallud topgan. Uning “O‘zga”, “Bozor”, “Bolalar bog‘chasi” kabi she’riy to‘plamlari chop etilgan. Bernardes “Kema” asari uchun Buenos-Ayresning Munitsipal She’riyat Mukofotiga, “Ilk she’rlar”, “Haqiqiy she’rlar” asarlari uchun She’riyat Milliy Mukofotiga davomi…

Sayidamin Jilo (1945)

“Murod ufqi”, “G‘azal gulbog‘i”, “Ishq afsonasi”, “G‘azal devoni” singa­ri qator she’riy kitoblar muallifi. Pesalar kitobi chop etilgan. Pushkin, Blok, Lermontov, Rubtsov she’rla­rini tojik tiliga o‘girgan. * * * Parvarish aylay dilimda do‘stlik kalomini, O‘tgusi umring shirin tutganda do‘stlik nomini. Totigay davomi…

Kamoliddin Kamu (1901-1948)

Kamoliddin Kamu (Kemalettin Kâmi Kamu) (1901 yili Bayburtda tug‘ilgan, 1948 yili Anqarada vafot etgan) – “G‘urbat shoiri” deya tanilgan turk shoiri va siyosatchisi. She’rlari maktab darsliklariga kiritilgan. BIR YO‘LOVChIGA (Xazon yo‘lchisiga) Soching yana parishon, Bag‘ring alam-la vayron, Qayga yo‘l olding davomi…

Burulkan Karagulova (1957)

Burulkan Karagulova – 1957 yilda tug‘igan. Qirg‘iziston milliy universitetini tamomlagan. “Xayol kemasi”, “Yuragimni quvontirib ketding”, “Bu dunyo ko‘rklidir sevging bilan”, “To‘xtag‘ul ko‘li – ko‘zyoshim” kabi she’riy kitoblari chop etilgan. * * * Yuragim titradi, To‘qqiz ballga. Seysmolog tekshirib, To‘qqiz emas, davomi…

Erkali O‘sko‘nali (1958)

Erkali O‘sko‘nali (Erkalы Өskөnaliyev) – 1958 yilda tug‘ilgan. Qirg‘iziston milliy universitetini bitirgan. Shoirning “Yillar – daryo”, “She’rlangan oy” to‘plamlari nashr etilgan. * * * Yurak yomg‘ir to‘kkanda, Ey qiz, chodir tashlarsan, Bir joduli jilmaysang, Yil bo‘yi shod yasharman! Oppoq libos davomi…

Abdurahmon Alimboyev (1956)

Abdurahmon Alimboyev (Abdraxman Alыmbayev) – 1956 yilda tug‘ilgan. Qirg‘iziston universitetining tarix fakultetini bitirgan. Shoirning yetti to‘plami nashr etilgan. 2009-2011 yillarda Qirg‘iziston Yozuvchilar uyushmasi raisi bo‘lgan. Turon zamini Ulug‘ tog‘dan boshlanadi Sirdaryo, Suvlari cho‘ng qoyalarga bulanib. Biz Turondan kelayapmiz qadimiy, Biz davomi…

Uuno Kaylas (1901-1933)

Uuno Kaylas (Uuno Kailas) 1901 yilda tug‘ilgan. Zamonaviy fin she’riyatining yorqin namoyandalaridan biri. Matti Kuusining shoir haqidagi: “Kaylas buyuk, umriboqiy, biz uni ilohiylashtiramiz”, – degan so‘zlari she’riyat olamida mashhur. Adabiyotshunoslar esa, Kaylas she’riyati jahon adabiyoti xazinasidagi gavharlardan biridir, deya e’tirof davomi…

Katri Vala (1901-1944)

Katri Vala (Katri Vala; haqiqiy ismi familiyasi Vadenstryom Karin Alise) fin shoirasi va publitsisti. 1901 yil 11 sentyabrda tug‘ilgan. Adabiy faoliyatini yozuvchilarning “Tulenkantayan” (“Mash’aladorlar”) to‘garagida boshlagan. “Olis bog‘” (1924), “Ko‘k qopqa” (1926), “Qaytish” (1934), “Yonayotir jonajon oshyon” (1942) she’riy to‘plamlari davomi…