Bo‘riboy Ahmedov. Iskandarning o‘chini Spitamendan olamizmi? (1993)

Millatning qadr-qimmati uning o‘tmishi, tarixi bilan o‘lchanadi. Xo‘sh, biz o‘zbeklarning ham o‘tmishimiz, tariximiz bormi, o‘zi? Bor, albatta. O‘rta Osiyo, balki jahondagi boshqa xalqlar, xususan forslar, hindlar, xitoylar singari uzoq-uzun tarixi bor o‘zbekning ham. Arxeolog va antropolog olimlarimizning ko‘p yillik izlanishlari davomi…

Nasimxon Rahmon. Adabiyot – davrning aks-sadosi

Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida dunyo tillarini tasniflar ekan, Nuh payg‘ambarning uchinchi o‘g‘li Yofasdan, ya’ni Abut-turkdan turkiy xalqlar kelib chiqqani va Abuturk payg‘ambarlik toji hamda elchilik mansabi bilan qardoshlaridan yuksakligini, saralab olinganini aytadi. Alisher Navoiy turkiy tilni kelib chiqishiga ko‘ra davomi…

Ne’matullo Nasrullayev. «Eling turk, aylag‘il turkiy…»

Sobiq sho‘ro davrida xalqimizning o‘tmishda yashab o‘tgan ma’rifat­parvar, ziyoli kishilari, ularning hayoti va ijodi yangi tuzum chig‘irig‘idan o‘tkazilib, siyosiy qolipga mos tushmaganlari o‘rganilmay nazar­dan chetda qoldi. Shunday ma’rifatparvarlardan biri Rahimxo‘ja ibn Alixo‘ja Eshon Shoshiydir. O‘z vaqtida Rahimxo‘janing butun hayoti nihoyatda davomi…

Mahkam Mahmudov, Alisher Mahmudov. Lessing va Herder

XVIII asr ma’rifatchilik adabiyotining vakili Lessing ijodi jahon adabiy tafakkuri tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega. Ma’rifatchilik adabiyoti uchun Uyg‘onish davri zamin tayyorlab berdi. Ma’rifatchilik adabiyoti paydo bo‘lgunicha zohid avliyolarni ulug‘lovchi, ilohiy sevgini dunyoviy sevgidan ustun qo‘yuvchi, g‘aroyibotlarni tasvirlovchi klassitsizm va davomi…

Vafo Fayzulloh. Azaliy hikmatni izlab…

Qo‘ng‘iroq bo‘ldi. – Erkin aka borayaptilar… “Erkin aka, qaysi Erkin aka? Erkin Malikmi, Erkin A’zam, Erkin Usmon, Erkin Abdurahmondir?” – Vohidov! – “Sharq”qa, – shiddatli aniqlik kiritiladi. Birdan ruhiyatim o‘zgaradi. Ko‘nglim oyoqqa turadi. Ruhiyatim ajib bir shoirona nasimdan parvozlanib, borlig‘imga davomi…