Damin To‘rayev. Ijodiy an’analar samarasi

O‘zbek nasrining benazir namoyandalari Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Abdulla Qahhorlar badiiy ijod san’atiga doir sirlar haqida fikr-mulohaza yuritar ekanlar, R.Tagor, A.P.Chexov, L.Tolstoy kabi daholar ijodiga qayta-qayta murojaat qilganligi ma’lum. Abdulla Qodiriyning “Kichik asarlar”, “Ijod mashaqqati”, Cho‘lponning “Adabiyot nadir?” to‘plamlarida, Oybek asarlarining davomi…

Vladimir Solovyov. Dostoyevskiy xotirasi

Dostoyevskiy haqidagi ma’ruzada uning na shaxsiy hayoti, na badiiy asarlarining adabiy tanqidi bilan shug‘ullanaman. Men faqat bitta masala: Dostoyevskiy qanday g‘oya-maqsadlarga xizmat qilgani, butun faoliyatini qanday g‘oya ilhomlantirganini yoritishga harakat qilaman[1]. Bu masalaga to‘xtalishim tabiiy. Chunki na yozuvchi shaxsiy hayotining davomi…

Pyotr Falyov. Turkiy xalqlarning so‘z san’ati

MUALLIFDAN Turkiyshunoslik va uni o‘rganishga oid biron-bir qo‘llanmaning mutlaqo yo‘qligi tufayligina men 1921 yilning kuzida Turkiston Sharq institutida o‘qigan ma’ruzalarim negizini tashkil etgan “Turkiy filologiyaga kirish” kursidan qoralamalarimni chop etib ko‘paytirishlariga rozilik berishga majbur bo‘ldim. Ammo bunday kursni men ilk davomi…

Zuhra Sobirova. Kushon saltanatidagi islohotlar

Buyuk Kushon saltanatining xazina daromadlari Istiqlol sharofati bilan O‘zbekistonning ko‘hna tarixini xolis o‘rganish uchun katta imkoniyatlar ochildi. Mamlakatimizning uzoq o‘tmishiga doir noma’lum sahifalar tarixchi olimlar tomonidan chuqur o‘rganilmoqda, ayniqsa, O‘zbekistonning antik davridagi iqtisodiyoti, savdo va xunarmandchiligiga doir ma’lumotlar xalqimizda katta davomi…

Manzar Abdulxayr. Ma’no va timsollar siri

Alisher Navoiy she’riyatida doimo shakl va mazmun mutanosibligi bir me’yorda bo‘lgan. Mumtoz she’riyatdagi bunday benihoya go‘zallik mukammallik, shakliy-ma’naviy muvozanat faqat Navoiy she’riyatiga xosdir. Zotan, mumtoz she’riyatda ma’no va shaklning mutanosibligi hamda tasvir va timsolning uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu davomi…

Naim Karimov. Shayxzoda va jahon adabiyoti (2008)

Bu yil tug‘ilgan kuniga 100 yil to‘lgan Maqsud Shayxzoda o‘zbek adabiyotini jahon xalqlari adabiyotlari bilan o‘zaro bog‘lagan “oltin ko‘prik”larimizdan biridir. U qariyb qirq yillik ijodiy faoliyati mobaynida milliy adabiyotimizning she’riyat, dramaturgiya, publitsistika singari sohalarida samarali ijod qilibgina qolmay, adabiyotshunoslik va davomi…