Filippo Jordano Bruno (1548-1600)

Italiyalik faylasuf Jordano Bruno Neapolning sharqida joylashgan Nola shahrida mayda dvoryan oilasida tug‘ilib o‘sdi. U 11 yoshida Neapoldagi maktabga o‘qishga bordi. 14 yoshida esa Neapol dorilfununining boshlang‘ich kulliyoti talabasi bo‘ldi va falsafa, mantiq hamda dialektikadan tahsil ola boshladi. 1565 yilda davomi…

Galileo Galiley (1564-1642 )

Italiyalik qomusiy olim: riyoziyotchi, falakiyotshunos, faylasuf, tabiiyotshunos alloma Galileo Galiley Piza shahrida dunyoga keldi. U obro‘li, biroq kambag‘allashgan aslzoda oilaga mansub edi. Otasi Galileyning hakim bo‘lishini orzu qilardi. Shu bois u Piza dorilfununining tibbiyot kulliyotiga o‘qishga kirdi. Lekin Galileydagi riyoziyotga davomi…

Yakov Byome (1575-1624)

Olmon faylasufi Yakov Byome Saksoniyada kambag‘al dehqon oilasida tug‘ildi. Byome ulg‘aygach, otasi uni etikdo‘zga shogirdlikka beradi. U buyuk faylasuflar asarlarini mustaqil ravishda mutolaa qiladi. Yakov Byome bolaligida bir sirli hodisaga duch kelgan… Bir kuni u birga poda boqadigan o‘rtoqlaridan qochib, davomi…

Tomas Gobbs (1588-1679)

Ingliz faylasufi Tomas Gobbs Angliyaning janubidagi Vesport qishlog‘ida tug‘ilib o‘sdi. Uning onasi sodda dehqon ayoli, otasi ruhoniy edi. Tomas 15 yoshida Oksford dorilfununiga o‘qishga kirdi va ikki yildan so‘ng uni bitirib, mantiq ilmidan ma’ruza qila boshladi. 1608 yilda u Uilyam davomi…

Rene Dekart (1596-1650)

Farangistonlik faylasuf, riyozatchi, tibbiyotshunos olim va uslubiy nazariyotchi Rene Dekart Turen muzofotining Lae shaharchasida dvoryan oilasida dunyoga keldi. 1606 yilning bahorida otasi Dekartni La-Fleshdagi diniy kollejga o‘qishga jo‘natadi. 1618 yilda Dekart Gollandiyaga jo‘naydi va o‘z xohishi bilan armiyaga yollanib, ispan-avstriya davomi…

Baltasar Grasian (1601-1658)

Baltasar Grasian Ispaniyaning Blemonte qishlog‘ida e’tiborli shifokor oilasida tug‘ilib o‘sdi. U bolaligidanoq o‘z iste’dodi bilan boshqalardan ajralib turgan. Baltasar 1619 yilda diniy maktabga o‘qishga boradi. 1619-1623 yillarda falsafadan saboq oladi. 1623 yilda esa Saragosda ilohiyot ilmini o‘rganadi. Faylasufning «Qahramon» (axloqiy-ilmiy davomi…

Fransua de Laroshfuko (1613-1680)

Farangistonlik faylasuf gertsog Fransua de Laroshfuko qirol xonadoniga qarindoshlik rishtalari bilan bog‘langan kiborlar oilasida tug‘ilib o‘sdi. Laroshfukoning bolalik yillari Anumua muzofotining Vertey qal’asida joylashgan ota mulkida o‘tgan. Oilaning to‘ng‘ich farzandi (farzandlar jami 12 nafar edi) bo‘lgani uchun uni otasining ismi davomi…

Blez Paskal (1623-1662)

Farangistonlik riyozatchi, tabiiyotshunos olim va faylasuf Blez Paskal Kleromonda istiqomat qiluvchi oqsuyak oilada tug‘ilib o‘sdi. Uning Jilberta ismli opasi va Jaklin ismli singlisi bo‘lgan. Kichkintoy Blez endigina yurishni boshlagan kezlari nogohon kasallikka chalinadi. Kundan-kunga ahvoli og‘irlashib, ozib-to‘zib ketadi. Bundan tashvishga davomi…

Jon Lokk (1632-1704)

Ingliz faylasufi Jon Lokk Angliyaning janubi-g‘arbidagi Somerset grafligiga qarashli Rington shaharchasida tug‘ildi. Lokkning otasi advokat bo‘lib, Kromvel armiyasining otliq eskadroniga qo‘mondonlik qilgan. Jon Lokk Oksford dorilfununi qoshidagi diniy kollejda ta’lim oldi. Keyinchalik tibbiyot ilmini o‘rgandi. 1656 yilda u Oksford dorilfununining davomi…


Maqolalar mundarijasi