Antisfen (m.a. 444-366)

Antisfen — m.a. V-IV asrlarda yashab o‘tgan yunon faylasufidir. U avvaliga faylasuf Xorgiyning shogirdi bo‘lgan. Keyinchalik Suqrotdan ilm o‘rgangan. Antisfen chekka Pireya shahrida yashasada, har kuni 40 stadiya (1 stadiya — 184,75 gaz) yo‘l bosib, Suqrotning huzuriga qatnagan. Keyinchalik Antisfen davomi…

Kirenalik Aristipp (m.a. 430-355)

«Falsafaning foydasi shundaki, u har qanday odam bilan so‘zlasha olish imkonini beradi», — degan edi faylasuf Aristipp. Yunonistonning Kirena shahrida tug‘ilib o‘sgan bu faylasufni nevarasi bilan chalkashtirib yubormaslik uchun Katta Aristipp, deb atashgan. Aristipp avval Protagor, keyinchalik Suqrot qo‘lida tahsil davomi…

Aflotun (Platon) (m.a. 428-347)

Qadimgi yunon faylasufi Aflotun Afina shahrida tug‘ilib o‘sdi. Uning asl ismi Aristokl bo‘lgan. «Platon» uning laqabi bo‘lib, yunoncha «keng yelkali», «bo‘lali» degan ma’noni anglatadi. Bu laqabni unga Suqrot bergan. Aflotunning oilasi badavlat bo‘lmasa-da, aslzodalar nasabidan edi. Otasi Ariston Afinaning oxirgi davomi…

Diohen (Diogen) (m.a. 400-323)

Yunon faylasufi sinoplik Diohen kiniklar maktabi asoschisi Antisfenning shogirdi edi. Antisfenning o‘limidan so‘ng Diohen Korinfga ko‘chib o‘tadi. Chunki Sinopda Diohen o‘zi bilan muloqot qilgulik biror odam topolmay qolgandi. U Korinfda o‘ziga boshpana sotib olmaydi. Mehmondo‘st tanishlarinikiga ham bormay, ochiq osmon davomi…

Shan Yan (m.a. 390-338)

Xitoy faylasufi Shan Yan kambag‘allashgan aslzoda oiladan bo‘lib, haqiqiy ismi Gunsun Yan edi. Shan Yan Vey saltanati hukmdori Ven-xouning birinchi vaziri faylasuf Li Kuy (424-386 yillar)ning qo‘lida tahsil oldi. Keyinchalik u saroyda maslahatchi va islohotchi vazifalarida xizmat qildi. Shan Yan davomi…

Arastu (Aristotel) (m.a. 384-322)

Qadimiy yunon faylasufi Arastu Frakiyaning Stagira shahrida tug‘ilgan. Shu tufayli ba’zan Arastuni Stagirit deb ham atashadi. Arastuning otasi Nikomax Makedoniya hukmdori Amint II ning shaxsiy tabibi bo‘lgan. Arastu Makedoniyaning bo‘lg‘usi hukmdori Filipp bilan bolaligidanoq birga o‘ynab katta bo‘lgan. U 17 davomi…

Men-Szi (m.a. 372-289)

«Men Koinot fuqarolaridanman», degan ekan Men-tszi. U Xitoyning hozirgi Shandun viloyati hududida joylashgan Lu xonligida tug‘ilib o‘sdi. Men-tszi Konfutsiyning nevarasi Szi Si qo‘lida tahsil olgan. Bu faylasuf mamlakatni muvaffaqiyatli idora etishning 12 qoidasini ishlab chiqqan. O‘zining ana shu g‘oyalarini amalga davomi…

Chjuan-Szi (m.a. 369-286)

Xitoy faylasufi Chjuan-tszi Sun o‘lkasining Men viloyatida tavallud topdi. Avvaliga mayda amaldor bo‘lib ishladi. Keyinchalik xizmatni tark etib, yolg‘izlikda yashay boshladi. Chjuan-tszi bir kuni tushida gullar orasida shodon qanot qoqayotgan kichkina kapalakni ko‘radi. Faylasuf uyg‘ongandan keyin boshi qotdi, u aslida davomi…

Pirron (m.a. 365-275)

Qadimgi yunon faylasufi Pirron Pelopnnesedagi Elida shahrida tug‘ilib o‘sgan. Pirron dastlab musavvirlik bilan shug‘ullangan. Keyinchalik abderalik faylasuf Anaksarxning mulohazalarini tinglagan Pirronda falsafaga qiziqish uyg‘onadi. U Iskandar Maqduniyning Osiyo yurishlarida ishtirok etib, gimnosofistlar bilan uchrashdi. Pirron hatto Iskandarning jang chog‘ida asir davomi…

Epikur (m.a. 341-270)

Yunon faylasufi Epikurning vatani — Lampaska shahri bo‘lib, Afinadan Samos oroliga ko‘chib o‘tgan oilada tug‘ilgan. Epikur Aflotunning shogirdi Pamfil qo‘lida tahsil olgan. Donishmand m.a. 310 yilda Lesbosdagi Mitilen shahrida, 306 yildan o‘limiga qadar Afinadagi o‘z «Bog‘»ida talabalarga falsafadan saboq bergan. davomi…


Maqolalar mundarijasi