Meliss (m.a. V asr)

Qadimgi yunon faylasufi Meliss Janubiy Italiyaning Eleya shahrida tug‘ilib o‘sgan. Faylasuf Parmenid qo‘lida tahsil olgan. U: «Narsalarning cheksiz darajada ko‘pligi bir butunlik demakdir», degan g‘oyani isbotlashga uringan. Melissning «Tabiat haqida» asari bizgacha yetib kelmagan. Bu asar undan keyin yashagan mualliflar davomi…

Klazomenlik Anaksagor (m.a. 500-428)

Yunon faylasufi Anaksagor tug‘ilganidan so‘ng uning na kulgani va na tabassum qilganini ko‘rishgan. U faylasuf Anaksimendan tahsil olgan. Anaksagor falsafaga shu qadar sho‘ng‘ib ketganki, xo‘jalik ishlari qarovsiz qolib, butun yer-mulki poda boqiladigan yaylovga aylangan. Anaksagor hur, noan’anaviy fikrlash tarzi tufayli davomi…

Eleyalik Zenon (m.a. 490-430)

Zenon Italiyada joylashgan Eleya shaharchasida tug‘ilgan. U faylasuf Parmenidning ma’ruzalarini tinglab, saboq olgan. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda u Parmenidning tutingan o‘g‘li bo‘lgan. U birinchi bo‘lib «Dialektika»ni kashf etdi. Ya’ni fikrlaridagi qarama-qarshiliklarni fosh etish orqali raqibning so‘zlarini rad etish usuliga asos soldi. davomi…

Akragantlik Empedokl (m.a. 490-430)

Empedokl Sitsiliyaning Akragant shahrida tug‘ilib o‘sgan. U badavlat va taniqli oilaning farzandi bo‘lgan. Empedokl falsafa bilan shug‘ullanish maqsadida shoh saroyidagi mansabni rad etgan. Empedokl birinchi bo‘lib notiqlik ilmini rivojlantirishga kirishdi. Faylasuf oyoqlariga mis boshmoq va boshiga oltin toj kiyib Yunoniston davomi…

Horgiy (Gorgiy) (m.a. 483-375)

Yunonistonlik faylasuf, notiq Horgiy Sitsiliyadagi Leontin shahrida tug‘ilgan. U faylasuf Empedoklning shogirdi. 427 yildan boshlab Afina shahrida yashagan. Horgiyning quyidagi asarlari ma’lum: «Elenaga maqtovlar» (ma’ruza), «Tabiat to‘g‘risida», «Palamedni yoqlab…» * * * Dori-darmon jismimizga qanday ta’sir o‘tkazsa, so‘z ham ruhimizga davomi…

Protagor (m.a. 480-410)

Qadimgi yunon faylasufi, mohir notiq Protagor Abdera shahrida tug‘ilgan. U sofistlardan bo‘lib, talabalarga falsafa, notiqlik va bahs san’ati (eristika)dan saboq bergan. «Sofist» — qadimiy yunoncha so‘z bo‘lib, usta, yaratuvchi, ixtirochi, donishmand degan ma’nolarni anglatadi. Ammo m.a. V asrning ikkinchi yarmidan davomi…

Mo-Szi (Mo Di) (m.a. 480-400)

Qadimiy Xitoy faylasufi Mo-tszi mayda mulkdor oilasida tug‘ildi. U g‘ildiraklar va qurollar uchun so‘loq yasovchi mohir usta bo‘lgan. Konfutsiy ta’limotini chuqur o‘rgangan. U xitoy falsafasiga birinchi bo‘lib GU (sabab) va LEY (tur) darajalari tushunchasini olib kirdi hamda asoslab berdi. Mo-tszi davomi…

Suqrot (m.a. 469-399)

Mashhur yunon faylasufi Suqrot Attika shahrida haykaltarosh Sofroniks va doya Fenaretta oilasida dunyoga keldi. U juda ko‘rimsiz qiyofaga ega bo‘lgan. Past bo‘yli, qorni osilgan, kalta bo‘yinli, keng va do‘ng peshonali, yapaloq, tanqaygan burunining teshiklari katta, lablari do‘rdoq Suqrotning ukki ko‘zlari davomi…

Demokrit (m.a. 460-360)

Qadimgi yunon faylasufi Demokrit Abdera shahrida tug‘ilib o‘sgan. U badavlat oilaning farzandi edi. Ammo boylikdan kechib, butun umrini kambag‘allikda o‘tkazdi. Bor umrini donishsevarlikka bag‘ishladi. Misr, Eron, Hindiston, Habashistonga sayohat qilgan. Demokrit shahar tashqarisida joylashgan yer ostidagi sag‘anada kechayu kunduz tinmay davomi…


Maqolalar mundarijasi