Kitiylik Zenon (m.a. 346-264)

Qadimiy yunon faylasufi Zenon ko‘hna Kiprning to‘qqiz asosiy shaharlaridan biri bo‘lmish Kitiy shahrida tug‘ilib o‘sdi. Uning otasi Mnasey savdogarlik bilan shug‘ullangan. Zenon kiniklardan biri — faylasuf Kratetdan va Megar maktabining namoyandalari Stilpon va Diodordan, keyinroq Aflotunning izdoshi Polemondan tahsil oldi. davomi…

Xan Fey (m.a. 288-233)

Qadimiy Xitoy faylasufi Xan Fey Xan saltanatining aslzoda xonadonlaridan birida dunyoga keldi. U bolalik chog‘idanoq duduqlanib gapirardi. Keyinchalik Syun-tszining qo‘lida tahsil olib, Shan Yan, Shen Buxay, shuningdek, daosizm (xitoycha «dao» — qonun demak) ta’limoti bilan qiziqqan. Xan Fey o‘ziga qadar davomi…

Karnead (m.a. 212-129)

Faylasuf Karnead Yunonistonning Kiren shahrida tug‘ilib o‘sdi. U falsafa maktabiga rahbarlik qilib, haqiqatning mezonlari haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. Karneadning o‘ziga xos kuchli va jarangdor ovozi bor edi. U o‘ta mehnatkashligi, o‘tkir aql-farosati bilan zamondoshlarining tahsiniga sazovor bo‘lgan. Ayniqsa, notiqlik bobidagi davomi…

Sitseron Mark Tulliy (m.a. 106-43)

Qadimiy Yunonistonda yashab o‘tgan faylasuf, notiq va siyosiy arbob Sitseron rimlik badavlat chavandoz oilasida voyaga yetdi. «Sitseron» so‘zi — «tsitsero», ya’ni «no‘xat» degan ma’noni anglatadi. Sitseron Rimda tahsil olib, lotin tilini o‘rgandi. Shuningdek, notiqlik san’atini mukammal egallab, Afina, Kichik Osiyo davomi…

Lukretsiy Tit Kar (m.a. 99-55)

Qadimgi yunon shoiri va faylasufi Lukretsiyning tug‘ilgan yeri, ijtimoiy kelib chiqishi va mavqei xususida aniq ma’lumotlar yo‘q. Uning asl ismi Tit, laqabi Kar bo‘lgan. Lukretsiyning ta’limoti va dunyoqarashi faylasuf Epikurning izdoshi bo‘lganidan dalolat beradi. Tarixiy manbalarga qaraganda, Lukretsiy o‘z joniga davomi…

Xeroneyalik Plutarx (46-127)

Yunonistonlik adib, nasihatgo‘y-faylasuf Plutarx Beotiyaning Xeroneya shahrida tug‘ilib o‘sdi. Plutarx imperator bilan yaqin aloqada bo‘lgan aslzoda oilaning farzandi edi. U bolaligidanoq Afinada tahsil oldi. Voyaga yetgandan keyin esa shu yerdagi Akademiyaga doimiy ravishda qatnab turdi. Plutarxni ko‘proq quyidagi mavzular qiziqtiradi: davomi…

Epiktet (50-135)

Epiktet Kichik Osiyoda joylashgan Giyerpolis shahrida tug‘ilib o‘sdi. Hozirgi Turkiya davlatining poytaxti Anqaradan 75 chaqirim uzoqlikda joylashgan bu shaharda savdo-sotiq juda rivojlangan edi. Epiktet qul oilasida dunyoga keldi. Bolalik chog‘ida uni Rim shahridagi qul bozoriga keltiradilar. Epiktetni hukmdor Neronning tanqo‘riqchisi davomi…


Maqolalar mundarijasi