Anvar Obidjon. Patiydin (hajviya)

Bundan bir necha yil oldin, aniqrog‘i, sobiq diktator Pinochet Londonda hibsga olingan kuni bo‘kib o‘lgan qashqa sigir xitoyi bodomgul choynakdan chorak asr birga choy ichib kelayotgan er-xotinning o‘rtasiga bugun  tuyqus sovuqchilik tushirdi. Nonushta mahali targ‘il govmushning suti kamligidan gap chiqib, davomi…

Anvar Obidjon. Qora bodring (hajviya)

– Ix-x!To‘satdan yana o‘sha ichki sharpa paydo bo‘lib, tir¬noqdor panjasida yurakning naq so‘ppisini changalladi. Ilik¬languncha chaynalgan anjir Bosvoldining tomog‘iga chandirdek qadalgach, bor kuchi bilan yutinib, talvasali qiyofada o‘rnidan turdi.Azaldan shunaqa – biron ko‘ngilsizlik yuz berishidan oldin tanasining ichida qandaydir sharpa davomi…

Anvar Obidjon. Shiliqabiliq (hajviya)

Ikki qo‘lini bog‘kursi suyanchig‘iga yarador turnaning qanotlaridek yoyib olgan domla So‘zpardoziy qarshisidagi Ulug‘bek haykaliga tuyalanib tikilganicha miq etmay o‘tirar, daholik talashayotganga o‘xshardi. Lug‘atxo‘jayev esa, keng olachipor kostyumi ichida tovuqdek potranib, hanuz bidir-bidir qilishda davom etardi:– Keyingi oylarda yuz xil lug‘at davomi…

Anvar Obidjon. Serkaxonim (hajviya)

– Serka! Va-ey, Serka!Do‘qi polvon shu kunlar uchinchi bolaga bo‘g‘oz qaynisinglisi erga tekkanida undirgan shoyi ko‘ylagini dushman bayrog‘idek tutamlaginicha tomorqaga larzanglab kirib keldi. U goh og‘ilxonaga mo‘ralar, goh tandir tomonga bo‘ylanar, tinmay tomoq yirtib, xotinini chorlardi. Ko‘krakka urib qolgan juvarizor davomi…

Anvar Obidjon. Xorij radiosi va … kalish (hajviya)

Pul almashtirilayotgan bonkani eslatuvchi tiqin bekatda «Frunzening haykalini-ku majaqlashdi, lekin tagidagi otda nima ayb?» – degan mulohazani kallada ezg‘ilab turuvdimki, yelkamga «shap» etib tushgan qo‘l xayolimni bo‘ldi. Og‘zida pivaning qoldig‘i ko‘pirayotgan ayvonpeshana banda meni o‘ziga o‘girib, ko‘zimga sho‘ng‘ishga intildi:– Kalishimni davomi…

Anvar Obidjon. Ziyolicha olishuv (hajviya)

Hasharot uchsa, qanoti bo‘ksib yiqiladigan g‘ira-shira tong edi. Jig‘ildoniga mix tiqilgan qo‘ydek uvatda «xir-xir»lab tipirchilayotgan Parriq ming‘i cho‘chib uyg‘ondi-yu, yonginasida yonboshlab yotgan Mamashotining baqrayma ko‘zidan battar shaytonlab, «Abva-a!» deb chinqirganicha, nayzaga chap bergan to‘ng‘izdek chetga sapchidi.– Ie, ha? Tushingda bolalar davomi…

Anvar Obidjon. Oliy tabaqali mehmonlar (hajviya)

Bor-yo‘g‘i qalbaki soqolu yasama soch, to‘shaknamo ustki kiyimlaru uch-to‘rt chaplam upa-bo‘yoqlar Urug‘alini qorboboga, Qurug‘alini qorqizga aylantirdi-qo‘ydi. Ilgari unisi ustaxona mudiri, bunisi chirmandachilar to‘garagining «g‘ildiratuvchi»si bo‘lib ishlaganligi hurmati maktab qorovulligidan hamon haydalmay kelayotgan piyonista amakivachchalar bugun sovg‘asevar bolalarning diqqat markazida, o‘qituvchilarning davomi…