Said Anvar. Sho‘rtik (hajviya)

Har qanday yangilikning kirib kelishi oson emas-da. U kattami-kichik qurbonlik talab etadi. Mana, masalan, oddiygina sho‘rtik — kalta shimning qishlog‘imizga kirib kelishi uchun Abdurahmon aka butun boshli bitta shimini qurbon qildi.Xullas, Abdurahmon akaga shimning beli to‘g‘ri keldiyu, ammo bo‘yi to‘rt davomi…

Said Anvar. Alomat (hajviya)

Halimjon aka qirq yoshlarda, chuvakkina, ammo halimdek odam. U kishi bilan munosabatlarimiz salom-alikdan nariga o‘tmagan. Qayerda ishlaydi, bilmayman. «Halimjon qayerda ishlashsa ham ishlarni loy qiladi, ammo akalari bor, — moyli ish topib berishaveradi, teshik uzuk yerda yotarmidi!» deb kulib qo‘yishadi. davomi…

Said Anvar. “Vrednost” (hajviya)

Bizda atrofga razm solish degan narsa yo‘q. Agar andak diqqat qilganimizda qanday topqir, donishmand odamlar bilan zamondosh ekanligimizni bilardik, farxlanardik. Mana, shularning bittasi Rahmonnazar. Uni biz haydovchi deb yuravergan ekanmiz. Kallasida shunday fikrlarni jamlagan ekanki, ularni eshitib turib butun qishloq davomi…

Said Anvar. So‘lim (hajviya)

Xotinlar frontida nimalar bo‘lyapti, birodarlar? Bularni tartibga chaqiradigan, hech bo‘lmasa ikki og‘iz pandu nasihat bilan o‘ziga keltirib qo‘yadigan jamiyat bormi, yo‘qmi?Mana, Nosirxon so‘lim do‘stimiz ishdan keldi. Yiqilmay, bir joyi qashqa bo‘lmay, yana o‘z oyog‘i bilan! Xotin bo‘lsa:— Sizam uyim-joyim deysizmi, davomi…

Said Anvar. Oloviddin (hajviya)

Odam deganlari xo‘p ajoyib mahluq-da! Undagi tuyg‘ularning ko‘pligini ayting. Ulardan biri, masalan, maqtanchoqlik. Ajoyib deysizmi, g‘aroyib deysizmi, ishqilib bir tuyg‘u-da. O‘zini odam deb atovchi jonzod borki, hammasida ham bu tuyg‘udan uncha-muncha topiladi. Bir narsani yegan, ichgan, kiygan, olgan, mingan, ko‘rgan davomi…

Said Anvar. Tanishuv (hajviya)

Bunisi g‘irt to‘qima hangoma‚ ishonavering.Televideniye rejissyori Ne’mat Xolmatov telefon qildi:— O‘rtog‘im Farg‘onadan kelyapti‚ Qo‘yliqda turasan‚ kutib olsang…—  Men o‘rtog‘ingizni tanimasam…—  Kelib‚ senga qo‘ng‘iroq qiladi… Qayerda turganini aytadi… Nima shu qiyinmi? Toshkentni bilmaydi‚ iltimos sendan…Iloji yo‘q‚ telefon qilishini kuta boshladim. Qo‘ng‘iroq davomi…

Said Anvar. Yong‘oq-yong‘oq (hajviya)

Choyxona oldida turgandik.— Yong‘oq qoqtirmoqchi bo‘sang‚ Shokir buvangga xabar berib qo‘y! — Siddiq aka velosipedidan tushar ekan so‘z qotdi. Arofimdagilar kulishdi. Siddiq aka hamma bilan bir-bir:—Tuzukmisiz? Yaxshimisiz? Toshkentlar qalay? — deb so‘rashib‚ gapida davom etdi. — E‚ odamlar azonlab Shokir davomi…

Said Anvar. Stop, to‘xtalsin! (hajviya)

— Sto-o-op, to‘x-tal-sin!Bu gapni qishlog‘imiz bo‘yicha faqat Haqberdi aka o‘xshatib aytdi. Aytganda ham, juda kiftini keltirib, «sto-o-o-op» deydi cho‘zib, so‘ng chuqur nafas olib, uni chiqargach, «to‘x-tal-sin!» deydi. Ammo har kimga, har vaqt ham aytavermaydi. O‘zlari qo‘li gul usta. Har qanday davomi…