Shodmon Otabek. Xavfli yutuq (hajviya)

Oldindan aytib qo‘ya qolay — kamina shaxmat jinnisi. Shu o‘yin desa o‘zimni tomdan tashlayman. Mahoratlari qalay deysizmi? Albatta, ishqibozlikka yarasha-da! Ancha-munchasiga bo‘sh kelmaymiz. Ishxonada kaminaga yutqazaverib alamzada bo‘lganlar, zimdan tish qayrab yurganlar oz emas. Yutqazganlari bir nav, hammasidan mening gaplarim davomi…

Muhammad Ochil. Ustoz (hajviya)

Isfan ishbilarmonning uddaburonligi haqida shaharda turfa tus teshik quloq gaplar yuradi:— Isfan bilan maktabda bir partada o‘tirib bo‘y tortganligimdan faxrlanaman! Bo‘ladigan bola boshidan deganlaridek, sinfdoshimiz «Alifbe»dan anqovroq bo‘lsayam, ammo «arifmetika»ning avra-astarini ag‘darib tashlardi. Ishqilib, ikki karra ikkidan besh chiqarishni qoyillatardi-da…— davomi…

Murodulla G‘afurov. Tushundi (hajviya)

Gazeta muharriri tahririyatga yangi ishga kelgan muxbirga topshiriq berdi:— Hayotni o‘rganing, uka. Turmushimizda uchrab turadigan muammolar haqida yozing. Keyingi paytlarda gazetamizda tanqidiy maqolalar kamayib ketdi. Tezroq harakat qiling. Muxbir xursand bo‘lib ketdi. To‘g‘ri-da, har kimga ham bunday muhim topshiriq berilavermaydi. davomi…

Zoyir Mamajonov. Eringizga gap yo‘q (hajviya)

G‘ulomov avval soatiga, so‘ng atrofga qaradi. Bino yonidagi maydonchada turgan yashil «Jiguli»ni ko‘rib: «Shu, o‘zi. Mendan oldin kelibdi-da», degan gap ko‘nglidan kechdi. Mashinadan tushib lanj kayfiyatda qo‘sh tabaqali, oynavand eshik yoniga bordi. Ichkariga zimdan tikilib turganida, chiqib kelayotgan kotibaga ko‘zi davomi…

Sodiq Hidoyat. Lola (hikoya)

Tong sahardan boshlab osmonda bulutlar yugurgilab qoldi. Etni junjiktiruvchi sovuq shamol esar, uning ta’sirida sarg‘aygan nimjon yaproqlar bandidan uzilar, havoda charx ura-ura yerga tushardi. Daraxtlar tagi qalin bargixazon bilan qoplangan edi. Bir gala qarg‘a qag‘illagancha noma’lum tarafga uchib ketdi. Qishloq davomi…