Hunarning xosiyati

Kunlardan bir kuni bir kambag‘al dehqon qarigan chog‘ida o‘g‘li Rafiqni hunar o‘rgatish uchun duradgorga shogird qilib berib, odat bo‘yicha: “Eti sizga, suyagi bizga, shu bolani sizga topshirdim”, debdi. Duradgor bolani olib qolib, ishni qunt bilan o‘rganish va qiyinchiliklarni yengish kerakligini davomi…

Opa-uka

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir chol bor ekan. Uning xotini har ikki yilda ikkitadan bola tug‘ar ekan. Oradan bir necha yil o‘tibdi, cholning bolalari juda ko‘payib ketibdi. Bu bolalarni boqish juda qiyin bo‘lib qolibdi.O‘zlarining ham qorinlari hech to‘ymas davomi…

O‘ynang, kuchugim, o‘ynang!

O‘tgan zamonda bir cholning uchta qizi bo‘lib, o‘g‘li yo‘q ekan. Kunlardan bir kuni, chol juda og‘ir kasal bo‘lib qolibdi. Cholning kasalini bironta tabib ham tuzata olmabdi. Nihoyat, tabiblar cholga olmurut shoxini qaynatib ichganidagina sog‘ayib ketishini aytishibdi. Olmurut shoxini olib kelish davomi…

Cho‘pon Ali

O‘tgan zamonda bir zolim, qonxo‘r xon bo‘lgan ekan. Xonning to‘rt xotini bo‘lib, bitta ham farzand ko‘rmagan ekan. Xon umrining oxirida eng kichik xotinidan bir o‘g‘il ko‘ribdi. Kundan kun, oydan oy, yildan yil o‘tibdi. O‘g‘li o‘sib ulg‘ayibdi, qomati kelishgan, aqli raso, davomi…

Vafo

O‘tgan zamonda bir yigit bor ekan, u otasidan qolgan mollarning yarmini sarf qilib, bir qizga uylanibdi. Qolgan davlatini xotini bilan yeb yotaveribdi. Davlat kundan-kunga kamayibdi. Kunlardan bir kuni xotini eriga:— Endi siz bunday bekor yotavermang. Yo qolgan davlatingizni sotib savdogarchilik davomi…

Mahmud yamoqchi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda Balx shahrida Mahmud degan bir yamoqchi qari onasi bilan yashar ekan. Ular kambag‘al yashaganliklari bois, Mahmud yamoqchi uylanishga qurbi yetmas ekan. Kunlardan bir kun Mahmud bozorda yamoqchilik qilib o‘tirganida qarshisiga bir chol davomi…

Nurilla boyvachcha

O‘tgan zamonda Samarqandda bir katta boy o‘tgan ekan. Uning Nurilla degan yolg‘iz o‘g‘li bo‘lgan ekan. Kunlarning birida boy:— Ey o‘g‘lim, men o‘lib ketaman, mening uch yerda dunyoim bor, — deb hammasini ko‘rsatibdi. — Yotib yesang bu dunyo hech narsa bo‘lmaydi. davomi…

Boy bilan novcha

Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan, Zomin yurtida bir boy bor ekan, uning bir novchasi bor ekan. Kunlardan bir kuni boy bir narsadan ta’bi xira bo‘lib, novchasini koyibdi. Novcha arazlab Zomin qozisining oldiga boribdi. Qozi:— Ha, nima arzing davomi…

Zolim podsho

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir podsho bor ekan. U, shu qadar zolim va johil ekanki, ta’biga kelgan har qanday noma’qul ishni ham qilaverar ekan.Bir kun podsho jarchi qo‘yib chaqirtiribdi: “Kimki o‘lsa, egasi uni mozorga tomma-tom eltib davomi…

Baliqchi bola

Burungi zamonda bir chol-u kampir bor ekan. U chol doim baliq ovlab kun o‘tkazar ekan. Har kuni ikkita baliq ushlab, birini chol-kampir pishirib yer ekan, birini sotib o‘tin olishar ekan. Oydan oy o‘tib, yildan yil o‘tib chol-kampir o‘tirib maslahat qilishibdi: davomi…