Xurshid bilan Laylo

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir zamonlarda Misr mamlakatida bir podsho o‘tgan ekan. Uning otini Abdulaziz shoh der ekanlar. Shohning Abdukarim degan vaziri ham bor ekan. Abdulaziz shoh bilan Abdukarim vazir juda inoq ekanlar.Ular yoshlikda madrasada birga o‘qishgan, ayniqsa, davomi…

Ziyod botir

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir podsho bor ekan. Uning bir qizi bor ekan. Nihoyatda sohibjamol, go‘zallikda tengi yo‘q, aqlli, hushyor qiz ekan. Uni kim bir marta ko‘rsa, yana bir ko‘rsam, deb orzu qilar ekan. Oti ham davomi…

Yamoqchi bilan Shog‘arib

Bor ekan-da yo‘q ekan, och ekan-da to‘q ekan. Bir zamonda Valixon degan bir podsho bor ekan. Uning shahrida Xoldor degan yamoqchi ham bor ekan. Podsho: “Men mamlakatda adolat o‘rnatayin, yurt-elni kezayin, fuqarolarning gap-so‘zini eshitayin. Qani, ular nimalarni orzu qilar ekan, shunga davomi…

Qozining makri

Bir podsho bor ekan. Odamlar orasida xasislik bilan nom chiqargan ekan. Uning bir o‘g‘li bor ekan. U otasiga qaraganda birmuncha saxovatli ekan. Bir kun shahzoda bir bechora odamga ozroq oltin hadya qilibdi. Buni podsho bilib qolib, o‘g‘lini tergabdi:— E, o‘g‘lim, davomi…

Guliqahqah

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Bir podsho bor ekan. U podsho ovga chiqib ketayotsa, uzoqdan bir qizil narsa ko‘rinibdi. Podsho ikki vaziri bilan borib qarasa, qir-qizil gulning tagida uchta pari qiz o‘tirgan emish. Podsho qizlarga aytibdi:— Sizning hunaringiz bormi?Biri:— davomi…

Erkenja

Bir podshoning uch o‘g‘li bor ekan. Kunlardan bir kuni podsho o‘g‘illariga:— Uchovlaringizni ham uylantirmoqchiman, nima deysizlar? —debdi. O‘g‘illari:— Ey, ota, uchovimizga ham bir odamning qizlari bo‘lsin. Kattamiz kattasini, o‘rtanchamiz o‘rtanchasini, kichigimiz kichkinasini olamiz, bo‘lmasa uylanmaymiz, — deyishibdi. Lekin podsho uchoviga davomi…

Qiron aka

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podshoning birgina o‘g‘li bor ekan. U bir kuni uxlab yotib, tushida bir parini ko‘ribdi. Uyg‘onsa, tushi emish. Shundan keyin u gapirmabdi ham, kulmabdi ham. Podsho o‘g‘lining ahvoliga achinib yig‘labdi. Oradan bir necha kun davomi…

Mehrigiyo

O‘tgan zamonda shuhrati olamga ketgan bir savdogar bo‘lgan ekan. Bu savdogarning olti yuz karvoni bor ekan. Ammo savdogar yetmish yoshga kirganida ham farzand ko‘rmabdi. Kunlarning birida o‘zining olti yuz karvonlarini to‘plab, farzandi yo‘qligini ularga gapirib, juda afsuslanib, dunyodan befarzand, nom-nishonsiz davomi…