Shayton bilan dehqon

Bir kuni shayton bilan dehqon uchrashib qolibdi, ikkisi bir boyning yerini ijaraga olib dehqonchilik qilmoqchi bo‘lishibdi. Yerni haydab, ekishga tayyorlashibdi. Maslahat bilan jo‘xori ekishibdi. Jo‘xori pishibdi. Ikkisi hosilni bab-baravar bo‘lish to‘g‘risida maslahatlashibdi. Dehqon shaytonga:— Jo‘ra, sen xohlagan qismingni ol, — davomi…

Xurmacha polvon

Bor ekan, yo‘q ekan, och ekan, to‘q ekan. Bir chol-u kampir bor ekan. Bularning echkisi ko‘p ekan-u, bolasi yo‘q ekan. Kunlardan bir kun kampir sut pishirib o‘tirib: “Mening bolam bo‘lsa edi, sut desa sut bersam, qaymoq desa qaymoq bersam, qatiq davomi…

To‘qliboy

Qadim zamonda O‘zgan shahrida To‘ydiboy degan bir odam o‘tgan ekan. U odam juda badavlat ekan. Ammo tirnoqqa zor ekan. Xotinlari tug‘mas ekan. O‘sha shaharda Salimboyvachcha degan bir odam bor ekan. Salimboyvachchaning Qumrixon nomli oqila qizi bor ekan. Ko‘p chiroyli qiz davomi…

Abduaziz

Bir boyning o‘g‘li bor ekan. Uning ismi Abduaziz ekan. Kunlardan bir kun boy o‘lib, moli davlati o‘g‘liga qolibdi. O‘g‘li esa o‘ziga qirqta jo‘ra orttirib, ularni ziyofat qilar ekan. Jo‘ralari ketadigan vaqtida har biriga bir hamyondan tilla berib yuborar ekan. Bir davomi…

Ajdar qush

O‘tgan zamonda bir katta tog‘ning kamarida qo‘rqinchli g‘or bor ekan. Ovloqda yashashni ixtiyor qilgan kishilar shu g‘orni makon qilishar ekan. Kunlardan bir kuni ota-onasi o‘lib, yoshligidan yetim qolgan bechora bir qiz o‘sha vahimali g‘orni o‘ziga makon qilibdi. Bu qizning bir davomi…

Qorasochxon

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir podshoning qizi bor ekan. U vazirning Qorasochxon degan go‘zal qizi bilan birga maktabda o‘qir ekan. Podshoning qizi uncha chiroyli emas ekan. Kunlardan bir kuni o‘rtoqlari o‘rtasida “Podshoning qizi chiroylimi yoki vazirning davomi…

Sirli tush

Bor ekan, yo‘q ekan, och ekan, to‘q ekan, qadim zamonda, Bag‘dod tomonda Zunnun nomli podsho yashar ekan. Podshoning bir necha xotinlari bo‘lib, hech biridan farzand ko‘rmabdi. Farzandsizlik alami podshoning jon-jonidan o‘tibdi. Oxirgi marta uylanishga qasd qilib, boy ham, kambag‘al ham davomi…

Dunyoda yo‘q hunar

O‘tgan zamonda bir podshoning go‘zal qizi bor ekan. Shu mamlakatda bir kambag‘al dehqon bo‘lib, uning ham yolg‘iz o‘g‘li bor ekan. U podshoning qiziga oshiq bo‘lib qolibdi-da, sovchi jo‘natibdi. Podsho unga:— Dunyoda yo‘q hunarni o‘rgansa, qizimni beraman, — debdi.Endi dehqon o‘g‘lini davomi…

Erkajon

Uzoq zamonlarda Buxoro elatida bir podsho bo‘lgan ekan, uning Erkajon degan o‘g‘li bor ekan. Podsho o‘g‘lini juda yaxshi ko‘rar ekan. Usiz tomog‘idan ovqat o‘tmas, ko‘ziga uyqu kelmas ekan. Podsho o‘g‘lini o‘z o‘rniga taxtga ega qilish uchun jami hunarlarni o‘rgatgan ekan. davomi…

Farhod va Shirin

Qadim zamonda bir podshohning qizi bo‘lgan ekan. Qizning oy desa og‘zi, kun desa ko‘zi bo‘lib, kulsa og‘zidan gullar to‘kilar, yursa oyog‘idan tilla sochilar ekan. Qiz gulbog‘da qirq qizlari bilan sayr etib yurar ekan. Nima uchundir qiz yoshligidan beri doimo g‘amgin davomi…