2023 yili yo‘qotganlarimiz

Yakuniga yetayotgan 2023 yil O‘zbekiston ilm, fani va madaniyati bir qator darg‘alaridan ayrildi. Ziyouz.uz portali ushbu yilda vafot etgan o‘zbekistonlik davlat va jamoat arboblari, ziyolilarni xotirlaydi.

Akademik Naim Karimov (1932-2023)

Karimov Naim Fotihovich (1932.12.12, Toshkent – 2023.17.09, Toshkent) — adabiyotshunos olim, jamoat arbobi. O‘zbekistan Respublikasi fan arbobi (1996). Filologiya fanlari doktori (1993), professor (1994). Naim Karimov O‘zbekiston ma’rifatparvarlar jamiyati raisi (1999 yildan). Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish komissiyasi va «Shahidlar xotirasi» xayriya jamg‘armasi kengashi raisi (1999 yil dan), «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi direktori (2002 yildan). Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan (1999).

O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva (1942-2023)

Oydin Hojiyeva 1942 yil 22 aprelda Buxoro (hozirgi Navoiy) viloyatining Qiziltepa tumanidagi Xojayi Bo‘ston qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1992). ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (1960—65). Birinchi she’riy kitobi — «Shabnam» (1971). «Manzillar» (1971), «Onam sevgan qo‘shiq» (1972), «Orzu guli» (1974), «Tarovat» (1976), «Dostonlar» (1980), «Mushfiq onajon», «Xushxabar» (1983), «Chashmalarni izlayman» (1986), «Tamal toshi» (1988), «Ishonch yulduzlari» (1989), «Ko‘zimning oqu qorasi» (1996), «Panohim» (1998) kabi asarlar muallifi. «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan (1999). Oydin Hojiyeva 2023 yil 14 may kuni vafot etgan.

Shoira Enaxon Siddiqova (1965-2023)

Enaxon Siddiqova 1954 yilda tug‘ilgan. Farg‘ona davlat pedagogika institutining (hozirgi FDU) filologiya fakultetida o‘qigan. Ijodkorning “Qorako‘z turnalar”, “Sumanbar nasim”, “Ko‘ngil ufqlari”, “Ishq ifori” nomli she’riy, “Sirli tun faryodi” nomli nasriy hamda bir qator badiiy-publitsistik kitoblari nashr etilgan. “Do‘stlik”, “El-yurt hurmati” ordenlari sohibasi. 2023 yil 13 yanvar kuni vafot etgan.

Yozuvchi Luqmon Bo‘rixon (1965-2023)

Luqmon Bo‘rixon 1965 yil 15 fevralda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi Yangiobod qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1991). Dastlabki hikoyasi — «Begimqul katta» (1987). Shundan so‘ng yozuvchining «Yalangoyoq» (1991), «Sirli muallim» (2006), «Xizr ko‘rgan yigit» (2007) cingari hikoya va qissalar to‘plamlari nashr etilgan. «Jaziramadagi odamlar» (2005) romani muallifi. 2023 yil 25 iyul kuni Toshkent shahrida vafot etgan.

Shuningdek, 2023 yili vafot etganlar:

Akademiklar

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Akbarov Habibulla Asatovich (1936-2023)

Fizikaviy elektronika sohasidagi yirik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Nazar Yuldashevich To‘rayev (1938-2023)

Olimlar

can’atshunoslik fanlari doktori, professor Jo‘ra Teshaboyev (1933-2023)
tarix fanlari doktori, professor Qudrat Ernazarov (1950-2023)
pedagogika fanlari doktori, professor Baxtiyor Sayfullayev (1951-2023)
can’atshunoslik fanlari doktori, professor Oqilxon Ibrohimov (1956-2023)
iqtisodiyot fanlar nomzodi, professor Janpolat Kudaybergenov (1978-2023)

Ijodkorlar

Ollobergan Po‘latov (1935-2023)
Oshiq Erkin (1937-2023)
Murod Xidir (1939-2023)
Tolib Karimov (1940-2023)
Mengliboy Murodov (1942-2023)
Odil Abdurahmon (1944-2023)
O‘tkir Siddiqov (1945-2023)
Xayrulla Jo‘rayev (1945-2023)
Nuriddin Hamroqulov (1946-2023)
Mamasiddiq Shirayev (1946-2023)
Sherali Jo‘rayev (1947-2023)
Temur Ubaydullo (1948-2023)
Jiyanboy Izboskanov (1949-2023)
Abduxoliq Mamarasulov (1949-2023)
Murod Rajabov (1949-2023)
Fayzulla Salayev (1950-2023)
Odil Hotamov (1950-2023)
Jahongir Ibragimov (1953-2023)
Mavlon Shukurzoda (1954-2023)
G‘ulom Fathiddin (1955-2023)
Rustam Emin (1962-2023)
Sohibjon Alijonov (1968-2023)
Shuhrat Dehqonov (1971-2023)
Akmal Toshev (1985-2023)

Yana ko‘ring: 

2022 yili yo‘qotganlarimiz
2021 yili yo‘qotganlarimiz
2020 yili yo‘qotganlarimiz
2019 yili yo‘qotganlarimiz
2018 yili yo‘qotganlarimiz
2017 yili yo‘qotganlarimiz
2016 yili yo‘qotganlarimiz
2015 yili yo‘qotganlarimiz