Ivan Bunin (1870-1953)

Bunin Ivan Alekseevich [1870.10 (22) 10, Voronej 1953.8.11, Parij] — rus shoiri. Peterburg Fanlar akademiyasi faxriy akademigi. (1909). 1920 yildan emigratsiyada. Poeziyada rus mumtoz she’riyati an’analarining davomchisi («Xazonrezgi», to‘plam, 1901). Hikoya va povestlarida (ko‘pincha o‘tmishni qo‘msash kayfiyatiga berilgan holda) dvoryanlar davomi…

Marina Svetayeva (1892-1941)

Rus she’riyatida betakror ovozga ega bo‘lgan shoira Marina Svetayeva 1892 yili Moskva shahrida tavallud topdi. Uning otasi adabiyotshunos olim Ivan Vladimirovich Svetayev Moskva universitetida dars bergan va Pushkin nomidagi San’at muzeyiga asos solgan edi. Onasi iste’dodli musiqachi bo‘lib, Rubinshteyn qo‘lida davomi…

Vadim Muratxanov (1974)

Iste’dodli shoir Vadim Muratxanov 1974 yili Frunze (Hozirgi Bishkek) shahrida tug‘ilgan. 1996 yili Toshkent Davlat universitetining xorijiy filologiya fakultetini tugatgan. 2002 yili «Zvezda Vostoka» jurnalining she’riyat bo‘limi mudiri bo‘lgan, 2006 yildan esa Moskvada chop etiladigan “Novaya Yunost” jurnalining she’riyat bo‘limi davomi…

Arseniy Tarkovskiy (1907-1989)

XX asr rus she’riyatining taniqli namoyandalaridan biri Arseniy Tarkovskiy 1907 yili Yelizavetgrad (Kirovograd)da tug‘ilgan. A.Tarkovskiyning dastlabki she’rlari vaqtli matbuotda 1928 yili e’lon qilinadi. Bu she’rlardagi yurak haroratiga yo‘g‘rilgan satrlar she’riyat dunyosiga o‘ziga xos, betakror ovozli yangi bir shoir kirib kelganligidan davomi…

Vladislav Xodasevich (1886-1939)

Bu nom yaqin yillar ichida yana ona diyori Rossiyaga, she’riyat ixlosmandlariga Gumilyov, Zamyatin, Nabokov, Georgiy Ivanovlar qato-rida qaytib keldi. Hassos shoir, mohir tarjimon, nozikta’b munaqqid o‘z ijodini 15 dan ziyod to‘plamlarga joyladi. 1922 yildan boshlab musofirlik qismatini boshidan kechirgan shoirning davomi…

Nikolay Gumilyov (1886-1921)

Gumilyov Nikolay Stepanovich [1886.3(15).4, Kronshtad, – 1921.24.8, Petrograd] — rus shoiri. Anna Axmatovaning umr yo‘ldoshi. 20-asrning 10-yillaridagi akmeizmning (yun. akme so‘zidan — biror narsaning oliy darajasi) yirik vakillaridan. Asosiy asarlari: «Istilochilar yo‘li» (1905), «Romantik gullar» (1908), «Marvarid» (1910), «Begona osmon» davomi…

Anna Axmatova (1889-1966)

Anna Andreevna Axmatova (haqiqiy familiyasi – Gorenko) 1889 yil 11 iyunda Odessada tavallud topdi. U ona tomonidan tatar xoni Axmat xonga borib taqaladi (taxallusi shundan). Otasi – flotda mexanik-muhandis bo‘lib, ba’zan jurnalistika bilan ham shug‘ullanardi. Annani bolalik chog‘idayoq Sarskoye Seloga davomi…

Rimma Kazakova (1932-2008)

Taniqli rus shoirasi Rimma Kazakova 1932 yil 27 yanvarda Sevastopolda harbiy oilada tavallud topdi. Uning bolaligi Belorussiyada, o‘quvchilik yillari – Peterburgda o‘tdi. Leningrad Davlat universiteti tarix fakultetini tugalladi. Ko‘p yillar Uzoq Sharq  —  Xabarovskda yashadi, ijod qildi.  O‘tgan asrning 60 davomi…

Nikolay Rubtsov (1936-1971)

Nikolay Rubtsov 1936 yili Arxangelsk viloyatiga qarashli Yemetsk qishlog‘ida dunyoga keldi. 1940 yili u tug‘ilgan oila Vologdaga ko‘chadi. Urush boshlangan yili otasi frontga jo‘naydi va shu yili janglarda halok bo‘ladi. Ko‘p o‘tmay onasi hayotdan ko‘z yumadi. Yetim qolgan go‘dak bolalar davomi…