Alibek Rahmon. Lahza (hikoya)

Hamon tushib borardi…Yuziga urilayotgan havo zarralaridan angladiki, pastga yashindek uchayotir. Hozirgina to‘qqizinchi qavatda edi. Mana, derazalar yonidan soniyalarni quvgancha o‘tib bormoqda. Soniyalar, soniyalar emas, undan ham kichik vaqt birligida tezlashmoqda. Yer tobora unga yaqinlashayotir yoki u Yerga… Boshi pastga osilgan, davomi…

Shodmonqul Salom. Xalaji (hikoya)

Oqboy fermer telejka ustida o‘tirardi. Terimchilar tushlikdan so‘ng keng dalaga yoyilib ketishgan. Kuz iliq keldi, xo‘jalik ikkinchi terimni hali yakunlamay rejani bajarish arafasida. Dala chetidagi tutqator ortida fermerlik tashkil etilgan yil tiklangan omborxonali old tarafi oqlangan uy. Uy oldida nishabga davomi…

Mo‘min Qayum. Buyurtma kostyum (hajviya)

Yangi kostyumga buyurtma bermoqchi bo‘lib, ko‘rimsizgina, tepasiga “Xizmatingizdamiz!” deb yozib qo‘yilgan xususiy tikuvchilik korxonasi binosiga kirdim. Mijozga hurmatni qarang, hurmatni! Meni qosh-ko‘zlari popukday, istaraligina ayol — maishiy xizmat ko‘rsatish korxonasi direktori shaxsan qabul qildi. U maqsadimni anglab, bu yerda faqat davomi…

Abdulla Chimirzayev. Yolg‘iz kabutar (hikoya)

Halim duduqning derazasiga qarshi tushgan bir uy bor edi. Halim u yerda yolg‘izlik yashaydi deb o‘ylardi. O‘sha «yolg‘izlik» erta tongda uyg‘onib olardi, piyolaga choy quyardi-yu, ammo ko‘pincha ichmasdi. Deraza pardasi tonggi shabbodani qo‘ltiqlab ichkari tortardi. Sabo «yolg‘izlik»ning sochlarini tortib-tortib bezor davomi…

Qilich Nurmuhammedov. Supergrant (hajviya)

Boymurod bilan Shoymurod sinfdosh. Cinfdoshgina emac, qarindoshligi ham bor ularning. Shu sabab hamisha bir partada o‘tirishgan. Ustiga-ustak muallimlaridan qop-qop va’da evaziga baho olishgan. Ammo ikkovining fikri doim bir joydan chiqadi: omad va tasodif to‘g‘risida og‘izlaridan bol tomib gapirishadi.“Bizning ham omadimiz davomi…

Xoliyor Safarov. Uyg‘onish (hikoya)

Ular Dilshodni yarim tunda ijara uyidan olib chiqishdi. Ko‘zlarini uqalab turgan Dilshodga «Haligi, bobong seni so‘rayotgandi…», deyishdi. «Nega» degan savoliga esa «Bilmadik, Dilshodni olib kelinglar, dedi, kelaverdik», deya qutuldilar. Mashina yo‘lga tushdi, ammo hech kim bir-biriga so‘z qotmadi. Rulda o‘tirgan davomi…