Shoh Ismoil Xatoiy (1486-1524)

Ozarbayjon mumtoz adabiyotning atoqli namoyandalari orasida Shoh Ismoil Xatoiyning (Şah İsmayıl Xətai) munosib o‘rni bor. Ozarbayjon safaviylar davlatining bunyodkori sifatida shuhrat qozongan Shoh Ismoilning siyosiy faoliyati, madaniyatni ravnaq topdirish sohasidagi xizmatlari uning badiiy ijodi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shoh Ismoil 1486 davomi…

Stiven Kreyn (1871-1900)

Amerikalik shoir Stiven Kreyn (Stephen Crane) ko‘proq yozuvchi – nasrnavis sifatida mashhur. Uning urush mavzusidagi “Zafarning qizil ramzi” qissasi, xarobazor va tashlandiq mintaqalarning qashshoq odamlari hayotidan olib yozgan novellalari diqqatga sazovor. Adibning she’rlari ham teran fikr va mazmun bilan ajralib davomi…

Simadzaki Toson (1872-1943)

Yaponiya romantik she’riyatining yirik vakillaridan biri Simadzaki Toson (島崎 藤村) ajoyib she’rlar va romanlar muallifi sifatida mashhur edi. U she’riyatning yangi – “sintaysi” shaklini yaratdi. Bu hol shoirning to‘rtliklarida o‘z ifodasini topdi. Uning she’rlari xalq qo‘shiqlariga hamohangdir. Oddiy dehqon oilasida davomi…

Atantoy Akbarov (1960)

Atantoy Akbarov (Atantay Akbarov) 1960 yil 27 mayda Qirg‘izistonning Chotqol tumanida tug‘ilgan. O‘sh pedagogika institutini tamomlagan (1983). «Chatkal ottoru», «Adabiyat», «Bishkek shamы», «Asaba», «Nuska», «Ak bata», «Aalam», «Ak kalpak» nashrlarida ishlagan. She’riy kitoblari uchun Mulla Niyoz (2000), Aliqul Usmonov (2001) davomi…

To‘lagan Mameev (1938)

To‘lagan Mameev (Tөlөgөn Mameev) 1938 yil 12 mayda Qirg‘izistonning Kara-kulja tumanida tug‘ilgan. O‘sh pedagogika institutini tamomlagan (1955). «Kommunizm үchүn», «Oktyabr Tuusu», «Leninchil jash», «Kыrgыzstan madaniyatы», «Muras», «Meenet» nashrlarida ishlagan. Ilk she’riy kitobi “Ajoyib dunyo” nomi bilan 1975 yili chop etilgan. davomi…

Solijon Jigitov (1936-2006)

Solijon Jigitov (Salijan Jigitov) 1936 yil 17 martda Qirg‘izistonning O‘sh viloyati O‘zgan tumanida tug‘ilgan. Qirg‘iz davlat universitetinining filologiya fakultetini tamomlagan (1959). Qirg‘iziston Fanlar akademiyasining til va adabiyot institutida, Qirg‘iz Sovet Entsiklopediyasi Bosh muharriri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Solijon Jigitov Qirg‘iziston Respublikasi davomi…

Muhammad Fuzuliy (1498-1556)

Muhammad Sulaymon  Fuzuliy (Məhəmməd Füzuli) (1498 Karbalo sh., Iroq – 1556) — ozarbayjon shoiri va mutafakkiri. Ozarbayjon, fors va arab tillarida ijod qilgan. Otasi Bayot kabilasidan bo‘lib, 15-asr oxirlarida Ozarbayjondan Bag‘dodga ko‘chib borgan. Bag‘dod madrasalarida tahsil olib, o‘zi ham mudarrislik davomi…

Loyiq Sherali (1941-2000)

Loyiq Sherali (1941– 2000) – hozirgi zamon tojik adabiyotining yirik vakillaridan. Panjakent tumanidagi Mozori Sharif qishlog‘ida tug‘ilgan. Dushanbe Davlat Pedagogika institutini tugatgan. “Yo‘lovchi”,  “Qadahso‘z”, “Ko‘ngil koshonasi”, “Ko‘zlar manzili”, “Quyosh yomg‘iri”, “Shohnoma”dan ilhom”, “Toshdagi bitik”, “Men va daryo”, “Sassiz faryod” kabi davomi…

Haynrix Hayne (1797-1856)

Haynrix Hayne (Christian Johann Heinrich Heine; 1797.13.12, Dyusseldorf — 1856.17.2,  Parij) — nemis shoiri, publitsist, tanqidchi va mutafakkir. Bonn, Gyottingen, Berlin universitetlarida o‘qigan (1819—25). Birinchi she’riy to‘plami «Qo‘shiqlar kitobi» (1827) romantizm ruhida yozilgan bo‘lib, unda nemislar hayotidagi meshchanlik, xudbinlik qoralanadi. davomi…

Rizo Tavfiq Fikrat (1869-1915)

Turk adabiyotining yirik vakili Rizo Tavfiq (Rıza Tevfik Bölükbaşı) 1869 yilda Edirnadagi Jisri Mustafoposho qasabasida tug‘ilgan. Otasi o‘qituvchi Mehmet afandi, onasi Kavkaz cherkaslaridan Munira xonimdir. Talabalikdan ijtimoiy hayotga faol aralashgan Rizo Tavfiq 1907 yildan yashirin harakatdagi «Ittihod va taraqqiy» jamiyatiga davomi…