Vey Inu

* * * Somon yo‘li, Somon yo‘li Yorishmasdan avval oppoq tong Nur yog‘dirib turar kuzgi shaharga. Yolg‘izoyoq yo‘ldan toqqa chiqaman Va ko‘kka boqaman Sening visolingning orzusi bilan. Taqozosi ila ikki tarafga Ajratib yubordi Bizlarni taqdir. Bizlarni ajratdi, Bizni ajratdi… Somon davomi…

Se Tyao

ShAHZODA SAYoHATI Yaylovlar yam-yashil ipak kiydilar, Daraxtlar shoxiga qizil gul taqdi. “Nega kelmading?” – deb yorimga aytmang, U kelguncha bog‘ning ziynati qolmas. Rus tilidan Tursun Ali tarjimasi.

Shen Yue

BALIQ OVI Gul ortilgan qayiqda guldek jonon ikkovlon, Olisga suzib ketdik, daryo to‘lqini – ilon… Nilufar ildiziga qarmoq ilinib qoldi, Yovvoyi o‘rdaklarni biz cho‘chitib yubordik. Ohista qosh qoraydi, quchdi meni jonona – Ikkov murodga yetdik baliq ovi bahona. Rus tilidan davomi…

Lu Kay

FAN Ye GA TUHFA ETILGAN ShE’R Pochtachiga tutqazaman gullagan butoq – Olisdagi do‘stimga bu bo‘lsin xushxabar. U Szyannan1 sovug‘iga ko‘nikkan, biroq Gullagan butoq unga keltirgay bahor. QO‘ShNI QIZNI O‘YLAYMAN, AMMO U KELMAYDI Oqshom cho‘kdi, oy qalqib ketdi, Payhon qildi gullarni davomi…

Bao Chjao

QALANDAR SYuGA JAVOBIM Qishloqda guruchdan olishar sharob. Xrizantema gullarin ko‘mdi qalin o‘t. Har holda dillarda ezgulik serob! Qani, hey, xo‘jayin, bizlarga may tut! Nifret qadahlarga may quyma hech ham – Kuz quyoshi orom baxsh etar jonga. Oltindan yasalgan qimmatbaho jom davomi…

Se Lin’yun

UMRNING UFQI Yuragimda qayg‘u uyqum kelmaydi. Uyqu ham quvolmas g‘amimni hargiz! Oyning yog‘dusida qor yaltiraydi, Sovuq shamol esar yovvoyi, yovuz. Vaqt juda tez o‘tar – kutmaydi, aslo, Umrimning ufqiga botaman asta… Rus tilidan Tursun Ali tarjimasi.

Gu Kaychji

YILNING TO‘RT FASLI Bahor yomg‘iridan ko‘l to‘ldi lim-lim, Yozning tog‘larida ajib sukunat. Kuzgi to‘lin oydan nur yog‘di sim-sim, Qishda qarag‘aylar yashnagay faqat. Rus tilidan Tursun Ali tarjimasi.

Se An

NASTARIN ChORBOG‘I * * * Qadimgi donolar davridagidek Bizlar ham navbahor sayrin istadik. Qirlar, adirlarga talpindi yurak, Boychechak qidirdik, lola izladik. Daraxtlar osmonga bo‘y cho‘zdi birga, Yaylovlar to‘shaldi yalang‘och yerga. Bulutlar o‘rladi ko‘kka tutundek, Pildirab muzlarni eritdi jilg‘a. * * davomi…

Lyu Chjen

“Amakivachchamga bag‘ishlayman” turkumidan * * * Qarag‘ay tebranar Qoyada yolg‘iz. Dalada shamollar esar shitob, tez. Naqadar Qahrli uvullar dovul, Sindirmoqchi bo‘lar Qarag‘ayni ul! Qish kelar – beshafqat qirov ham, muz ham, Qarag‘ay bariga chidaydi bardam. U pisand qilmaydi ayozni nechun? davomi…


Maqolalar mundarijasi