Sao Chji (192-232)

Sao Chji (曹植) (192-232) ko‘hna xitoy shoiri. Shuningdek, u Chen Si-van nomi bilan ham tilga olingan. O‘z davrining eng taniqli shoiri hisoblangan. “Lo daryosining malagi” nomli mashhur qasida muallifi. Sao Chji tug‘ilgan oila Xitoy tarixida “Uch Sao” nomi bilan o‘chmas davomi…

Li Bo (701-762)

Li Bo (李白; 李太白) – Tan sulolasi davridagi mumtoz Xitoy shoiri. “O‘lmas shoir” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Li Bo Xitoy she’riyatida eng o‘lmas va o‘qishli she’rlar muallifi sifatida iz qoldirgan. U o‘zidan 1100 asar qoldirgan, undan 900 tasi she’rlardir. Hali davomi…

Guan Xantsin (1230-1300)

Guan Xantsin (an’anaviy xitoychada: 關漢卿, soddalashtirilgani: 关汉卿, pininda, ya’ni lotinchalashtirilgan xitoychada: Guān Hànqīng) qadimiy xitoy adabiyoti tarixida, eng avvalo, tszatszyuy  deb atalgan dramatik janrga asos solgan  dramaturg sifatida nom  qoldirgan. Bizgacha uning 60 dan ortiq asarining nomi yetib kelgan, ulardan davomi…

Du Fu (712-770)

Du Fu (杜甫) – Tan sulolasi davridagi Xitoy mumtoz shoiri. Ikkinchi ismi Szimey. Xitoy adabiyotida unga “shishen” unvoni berilgan. Uning ijodida yaqqol ko‘zga tashlanib turgan hassoslik katta ta’sir kuchiga ega bo‘lib, shoirning fuqarolik pafosi uni Xitoy lirikasining yirik vakili sifatida davomi…

Day Vanshu (1905-1950)

Day Vanshu (戴望舒) – xitoy shoiri. U 1905 yili Xanchjouda tug‘ilgan. Shanxaydagi Chjendan universitetini bitirgan. Fransiyada ta’lim olgan. 1936-37 yillarda “Sin-shi” (Yangi she’riyat) jurnaliga muharrirlik qilgan. 1937—1945 yillarda Gonkongda yashagan. Xitoy ozozdligi haqidagi fikrlari uchun yapon qamoqlarida hibsda bo‘lgan. Frantsuz, davomi…

Van Tin-yun (1151-1202)

Van Tin-yun — 王庭筠, Van Szы-duan 王子端, taxallusi Xuanxuashan-chju 黃華山主 (Sariq gullar tog‘i egasi). 1151/1156, Xedun (Yuntszi, Shansi provintsiyasi), — 1202, Yantszin (Pekin). Davlat arbobi, adabiyotshunos, xattot, rassom. * * * Sochlarimni turmaklab olib, qaramasdan o‘ngu so‘limga, minoraga chiqaman shitob, davomi…

Chjan Ke Szyu (1275-1345)

Xitoy mumtoz shoirasi. U tabiatni musavvir kabi suratlaydi, ayniqsa, kuz, bahor fasllarini obrazlarga burkab, yuragidagi hislar bilan uyg‘unlashtiradi. Shoiraning she’rlari “Xitoy tasviriy she’riyati” kitobidan tanlab tarjima qilindi. KUZ XAYoLLARI Yakkash g‘ozlargina nimadir deb ming‘illar muzday bulutga, Go‘yo yolg‘iz qaqnus ko‘zguda davomi…

Chjan Syan

* * * Piyongulning nafis bargida Shudring yonar marvarid misol. Gulni yulib olib sho‘x go‘zal Derazaga qo‘yibdi alhol. So‘ng ko‘zida kulib karashma Qallig‘iga savol berar qiz: “ Gul go‘zalmi yoki men go‘zal, Ayt, maftunkor qaysi birimiz?” O‘kinchini yashirmay sira Shu davomi…

Chjou Ban’yan

* * * Ravon oqib yotar Taosi, O‘zgarmaydi qonuni azal. Nilufargul tortar ildizin — Gullamaydi ortiq nilufar. Yodda, qizil ko‘prik ustida Kutar edik visol damlarin. Yolg‘iz qolib hijron dastida, Bu go‘shani kezgum betinim. Tiniq ufqda yashil zirvalar Ko‘rinadi — yo‘qdir davomi…

Xe Syun

BOG‘DA Darvozalar qushdek qanot qoqadi, Tinimsiz g‘iyqillab kuylar darichalar. Toshyo‘lda taqillar nozik boshmoqlar, Bambuqzorda yashnar ipak liboslar. BAHOR ShAMOLINI KUYLAYMAN Uni hamma eshitar, ammo hech kim ko‘rmaydi, Ba’zida och yirtqichdir, ba’zan ipakdek mayin. Ba’zan oynaga boqib, upa purkar yuziga G‘uncha davomi…


Maqolalar mundarijasi