Yustinas Martsinkyavichyus (1930-2011)

Yustinas Martsinkyavichyus (Justinas Marcinkevičius) – Boltiqbo‘yi mamlakatlari adabiyotining XX asrdagi eng yorqin yulduzlaridan biri. Litva xalq shoiri. “Menga so‘z bering”, “Non ushatayotgan qo‘l”, “Yog‘och ko‘priklar”, “Olovlangan buta”, “Hayotning huzurbaxsh qo‘li”, “Yasha va shukr qil”, “O‘n ikki bahor”, “Qon va kul”, davomi…

Peteris Zirnitis (1944-2001)

Peteris Zirnitis (Pēteris Zirnītis) – latviyalik shoir. Sankt-Peterburg universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Uning “Ming qo‘ng‘iroq uyqusi”, “Sentyabr lirikasi”, “Do‘stim haqida kitob”, “Bo‘sag‘adagi guvoh”, “Ob-havo ma’lumotlari”, “Ko‘rganlarim” kabi to‘plamlariga jo bo‘lgan she’rlari Yevropaning ko‘plab tillariga tarjima qilingan. TOKI IShQ BOR EKAN davomi…

Edvard Staxura (1937-1979)

Edvard Staxurani (Edward Stachura) zamondoshlari “Yo‘l odami” deb atashgan. Shoir butun Polshani va dunyoning yarmini kezib chiqqan. She’riy matn ustida, ifoda uslubida, fe’llarning zamon kategoriyasida kashfiyotlar yaratgan. * * * Bizni to‘rtburchak qafasga qamashdi, qanotlarimizni qirqishdi, buyurishdi: muhabbat haqida kuylang. davomi…

Miron Byaloshevskiy (1922-1983)

Miron Byaloshevskiy (Miron Białoszewski) – shoir va dramaturg. Shoir tovushlarni ifoda vositasiga aylantirgan, inson yuragidan otilib chiqqan nidolar va hayqiriqlarning, tovushlarning suvratini akslantirgan. NARSALARNING EVRILIShI HAQIDA Ular evrilurlar Yana evrilurlar, Bizni urar chaqmoq bilan. Eplasang ushlab ol samoviy vujudni, ulardan davomi…

Anna Svirshinskaya (1909-1984)

Anna Svirshinskaya (Anna Świrszczyńska) – shoira, bolalar yozuvchisi, tarjimon. II Jahon urushida hamshira sifatida ishtirok etgan. She’rlari hayotiyligi, jonli va ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. “Uning “eskicha urf”dagi jiddiyligi, hayotsevar hazili, hayrat va hayajonisiz polyak she’riyati g‘arib va nursiz bo‘lib qolardi” davomi…

Siprian Norvid (1821-1883)

Siprian Kamil Norvid (Cyprian Kamil Norwid) o‘z ijodi bilan polyak adabiyoti tarixida yorqin iz qoldirgan siymo hisoblanadi. O‘ta murakkab hayot yo‘lini bosib o‘tgan Norvid ijodiy merosining katta qismi yo‘qolib ketgan. Shoirning asarlari Varshava, Peterburg, Parij, Londonda nashr etilgan to‘plamlarda saqlanib davomi…

G‘alim Jayliboy (1958)

G‘alim Jayliboy (G‘alыm Jaylыbay) 1958 yil Qaraganda viloyati, Jangaorqa tumanida tug‘ilgan. Qozog‘iston Menejment, iqtisodiyot va rejalashtirish institutini tamomlab, mamlakat Tashqi ishlar vazirligining turli nashrlarida muharrir, Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasida rais o‘rinbosari bo‘lib ishladi. She’rlari dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan. QOP ORQALAB davomi…

Iran G‘ayib (1947)

Iran G‘ayib – Iranbek Abitay o‘g‘li O‘razbayev (Iran-G‘ayыp Әbіtayulы) 1947 yil Qizilo‘rda viloyati Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. Shoir, dostonnavis. Politexnika institutining Tog‘-kon fakultetini tamomlagan, Moskvadagi Oliy adabiyot kurslarida o‘qigan. «Qo‘rqitning qabri» kitobi uchun Qozog‘iston Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. SAKKIZLIKLAR Attang-ay! Barin davomi…