Zinnur Mansurov (1949)

Zinnur Mu’jib o‘g‘li Mansurov (Zinnur Mөҗip ulы Mansurov) Tataristonning Mamadish viloyatidagi Tuban Ushmi ovulida tug‘ilgan. Qozon davlat universitetining tarix-filologiya fakultetida o‘qigan. Matbuotda, Tatariston Yozuvchilar uyushmasida xizmat qilgan. Qozon, Ufa va Moskvada yigirmadan ortiq kitobi bosilgan. 2009 yili Abdulla To‘qay nomidagi davomi…

Evaristo Karriyego (1883-1912)

Evaristo Karriyego (Evaristo Carriego) – Argentinadagi o‘z davrining yetakchi shoirlaridan biri. Buenos-Ayres hayoti tarannum etilgan ko‘plab she’rlar muallifi. “Bid’atchilar ibodati”(1908), “Guzarimning qo‘shig‘i”(1911), “Dala hovlilar qalbi”(1913) kabi kitoblar muallifi. UYIMIZ YO‘LI Uyimizdagi Bir aziz narsamiz kabi, Yo‘lakka soya solgan Baland daraxtlarning davomi…

Leopoldo Lugones (1874-1938)

Leopoldo Lugones (Leopoldo Lugones) – argentinalik taniqli shoir, yozuvchi va olim. Ijodining gullagan davrida milliy mavzu va xalqona ohanglarga ko‘p murojaat qilgan. “Asrga qasidalar”(1910), “Manzaralar kitobi”(1917), “Nasliy she’rlar”(1928) kabi o‘ziga xos she’riy to‘plamlar muallifi. ANAKREONNING KEKSALIGI Oxirladi kunduz. Shafaq ol davomi…

Karim Qurbonnafasov (1929-1988)

Karim Qurbonnafasov (Kerim Gurbannepesow) – Turkmaniston xalq yozuvchisi, Mahtumquli nomidagi Davlat va yoshlar mukofoti sohibi. Turkmanistonning Ko‘ktepa tumanidagi Yulg‘un qishlog‘ida tug‘ilgan. Yosh Kerim she’riyatga erta qiziqadi. Uning dastlabki mashqlari “Mudom tayyor” gazetasida, “To‘qmoq” satirik jurnalida bosiladi. 1951 yilda shoirning ilk davomi…

Henrik Arnold Vergelann (1808-1845)

Henrik Arnold Vergelann (Henrik Arnold Wergeland) – norveg shoiri, yozuvchi. Radikal-demokratik qarashlarni olg‘a surgan, dehqon demokratiyasini yoqlagan. “Jamoa uchun”, “Ishchi sinfi uchun” jurnallarida muharrirlik qilgan. “Yaratuvchi, inson va Masih” dostoni bilan el og‘ziga tushgan. H.A.Vergelann ijodi norveg madaniyati tarixida yorqin davomi…

Sayyid Shamsul Haq (1935-2016)

Sayyid Shamsul Haq (সৈয়দ শামসুল হক) – taniqli adabiyotshunos. U nazm, nasr va dramaturgiyada ham birday ijod qiladi. Shoir asarlari Bangladesh maktab va kollej darsliklariga kiritilgan. U adabiyotda madaniy, tarixiy hodisalarni ko‘proq aks ettiradi. Shuningdek, Shekspirning “Makbet” asarini bengal tiliga davomi…

Shamsur Rahmon (1929-2006)

Shamsur Rahmon (শামসুর রাহমান) – Bangladesh shoiri, sharhlovchi va jurnalist. U XX asr o‘rtalarida 60 dan ortiq she’riy kitoblar nashr ettiradi va Bangladesh adabiyotining yetuk vakillari qatoriga kiradi. Shoir she’riyatida asosan insonparvarlik, insoniy munosabatlar, ozodlik kabi mavzular kuylanadi. Uning ilk davomi…