Nikolay Labish (1935-1956)

Nikolay Labish (Nicolae Labiş) 1935 yil 2 dekabrda tug‘ilgan. Ilk she’rlari maktabda o‘qib yurgan kezlarida nashr qilingan. Hayotligida “Bug‘uning o‘limi” (1955) va “Havas debochasi” (1956) she’riy kitoblarini nashrga tayyorlagan. 1956 yilning 22 dekabrida Buxarest shahrida fojiali halok bo‘lgan. TUMShUQ Kuz davomi…

Nikita Stenesku (1933-1983)

Nikita Stenesku (Nichita Stănescu) 1933 yil 31 martda tug‘ilgan. 1957 yilda Buxarest universitetining filologiya fakultetini yakunlagan. Ilk she’rlari “Tribuna” adabiy jurnalida chop etilgan. Uning “Tuyg‘ularni his etib” (1964), “G‘amgin tuyg‘ular” (1966), “So‘z emas” (1969), “Ruminiya zamini” (1969), “Dilgir mumtoz ohanglarda” davomi…

Zaxariya Stanku (1902-1974)

Zaxariya Stanku (Zaharia Stancu) 1902 yil 7 oktyabrda tug‘ilgan. 1932 yilda Buxarest universitetining falsafa va filologiya fakultetini tugatgan. 1927 yilda nashr qilingan “Sodda qo‘shiqlar” ilk she’riy kitobi Ruminiya Yozuvchilar jamiyati (1949 yilda bu jamiyat Ruminiya Yozuvchilar uyushmasi tarkibiga kiritilib, Stanku davomi…

Jorje Bakoviya (1881-1957)

Jorje Bakoviya (George Bacovia) rumin she’riyatining simvolizm oqimi yetakchisi. 1881 yil 17 sentyabrda savdogar oilasida tavallud topgan. Buxarest universitetida tahsil olgan. Ilk she’rlari 1898 yildan matbuotda chop etila boshlagan. Uning “Qo‘rg‘oshin” (1916) , “Za’faron uchqunlar” (1926), “Tun parchalari” (1926), “She’rlar” davomi…

Oktavian Goga (1881-1938)

Oktavian Goga (Octavian Goga) 1881 yil 1 aprelda Transilvaniyaning Reshinari qishlog‘ida tug‘ilgan. Budapesht universitetida tahsil olgan.1937–1938 yillari Ruminiya bosh vaziri lavozimida ishlagan. Ruminiya Fanlar akademiyasining a’zosi. 1938 yil 11 fevralda vafot etgan. OQShOM Ko‘k yopindi qora ro‘mol, Motamsaro ona misol. davomi…

Vasile Aleksandri (1821-1890)

Vasile Aleksandri (Vasile Alecsandri) 1821 yil 21 iyulda tavallud topgan. Parij universitetining tibbiyot va yuridik fakultetlarida tahsil olgan, biroq birortasiniyam tugatmagan. Adabiyot jurnalida jamoatchilik asosida faoliyat olib borgan. Bir yil teatr direktori lavozimida ishlagan. 1877–1878 yillarda Ruminiya Qirolligining Parijdagi elchisi davomi…

Dritero Agolli (1931-2017)

Dritero Agolli (Dritëro Agolli) 1931 yil 13 oktyabrda Albaniyaning Menkulyas qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Peterburg davlat universitetida jurnalistika bo‘yicha tahsil olgan. Albaniya Yozuvchilar uyushmasining raisi sifatida bir necha yil faoliyat yuritgan. U Anna Axmatova, Aleksandr Blok, Boris Pasternak, Vladimir Mayakovskiy, davomi…

Ismoil Qadariy (1936)

Zamonaviy alban she’riyatining taniqli vakillaridan biri Ismoil Qadariy (Ismail Kadare) 1936 yil 28 yanvarda Albaniya janubidagi Galikastra shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. Tiran universitetining til va tarix fakultetida tahsil olgan. Talabalik yillaridan she’r yoza boshlagan. Uning “Yoshlik shijoati” (1957), “Orzular” (1957) davomi…

Andon Zako Chayupiy (1866-1930)

Taniqli alban shoiri Andon Chayupiy (Andon Zako Çajupi) 1866 yil 27 martda savdogar oilasida tug‘ilgan. Shveytsariyada oliy ma’lumot olgan. Uning “Tomori ota” (1902), “Omonat nasihat” (1957) she’riy to‘plamlari hamda “Zamin qahramoni” (1937)dramasi va “Qazodan so‘ng” (1937) komediyasi kitob holida nashr davomi…