Risqulov Turor

(1894 yil 14 dekabr, Yettisuv (hoz. Olmaota) viloyati Verniy uyezdi Sharqiy To‘rg‘ay volosti – 1938 yil 10-fevral, Moskva) Turkiston xalqining taniqli davlat va jamoat arbobi bo‘lgan T. Risqulov kambag‘al qozoq chorvadori oilasida tug‘ildi. uning otasi Risqul Jilhaydarov volost boshqaruvchisi Uchkempirovni davomi…

Rahimboyev Abdulla

(1896 yil, Xo‘jand – 1938 yil, 7 may) Davlat va jamoat arbobi bo‘lgan Abdulla Rahimboyev Xo‘jand shahrining Razzoqi mahallasida savdogar oilasida dunyoga kelgan. 1910-1912 yillarda u Samarqanddagi erkaklar gimnaziyasida, so‘ngra Toshkentdagi o‘qituvchilar seminariyasida bilim oldi (1917). U 14 ta tilni davomi…

Xidiraliyev Inomjon

(1891 yil 23 fevral, Namangan uyezdi Pop volostidagi Iskovat qishlog‘i – 1928 yil 31 dekabr, Moskva) Davlat va jamoat arbobi, diplomat. 1903-1905 yillarda Popdagi, 1906-07 yillarda Qo‘qondagi rus-tuzem maktabida o‘qidi. 1909-1917 yillarda O‘sh va Jalolobod shaharlarida Bozorqo‘rg‘on va Qo‘rg‘ontepadagi pristavlarda davomi…

Ivanov Vladimir Ivanovich

(1893-1938), (1925-1927) Davlat va partiya arbobi. KPSSga 1915 yilda a’zo bo‘lib kirgan. 1917 yildagi Moskvada bo‘lib o‘tgan Oktabr inqilobida qatnashgan. 1920 yildan Rossiya Kommunistlar partiyasining Yaroslavl guberna komiteti kotibi. 1925-1927 yillarda O‘zbekiston Kommunistlar partiyasi markaziy kengashining birinchi kotibi. 1927-1937 yillarda davomi…

Gikalo Nikolay Fyodorovich

(1897-1938) (1929) Sovet partiya arbobi. 1917 yildan KPSS a’zosi. Shimoliy Kavkazda sovet hokimiyatini o‘rnatish uchun kurashganlardan biri. 1925 yildan Shimoliy Kavkazda davlat kotibi. 1929 yilda Gikalo O‘zbekiston Kommunistlar partiyasi Markaziy kengashining I-kotibi bo‘lgan. Keyingi yillarda Ozarbayjon Kommunistlar partiyasi markaziy kengashining davomi…

Ikromov Akmal Ikromovich

(1898 yil, Toshkent – 1938 yil, 13 mart, Moskva) (1929 yil dekabr – 1937 yil sentabr) Davlat va siyosat arbobi. Toshkentning O‘qchi mahallasida maktabdor Ikrom domla oilasida tug‘ilgan. Otasining maktabida savod chiqargan. Yoshligidan fors va arab tillarini puxta egallab, sharq davomi…

Yusupov Usmon

(1900 yil 1 mart, Farg‘ona tumanidagi Kaptarxona g‘ishlog‘i – 1966 yil 7 may, Toshkent) (1937-1950) Davlat va siyosat arbobi. Mehnat faoliyatini 1916 yil Qovunchi (hoz. Yangiyo‘l shahri)dagi paxta tozalash zavodida ishchilikdan boshlagan. Toshkent binokorlar uyushmasi raisi, kasaba uyushmalari Toshkent okrugi davomi…

Niyozov Amin Ermatovich

(1903 yil 1 noyabr, Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon tumani – 1973 yil 26 dekabr, Toshkent) (1950-1955) Davlat va siyosat arbobi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan binokor (1973). 1920-30 yillarda sovet organlarida ishladi. Moskvadagi Sanoat akademiyasida o‘qidi (1930-34). 1940 yil O‘zbekiston Kommunistlar partiyasi Markaziy davomi…

Muhitdinov Nuriddin Akramovich

(1917 yil 19 noyabr, Toshkent) (1955-1957) Davlat va siyosat arbobi, diplomat. Moskvadagi savdo-kooperativ institutini tugatib (1938), turli lavozimlarda ishladi. 2-jahon urushi qatnashchisi. 1946 yildan uning siyosiy faoliyati boshlandi. Namangan viloyat partiya qo‘mitasi kotibi va 1-kotibi (1947-50), O‘zbekiston Kompartiyasi MK kotibi davomi…

Rashidov Sharof Rashidovich

(1917 yil 6 noyabr, Jizzax shahri – 1983 yil 31 oktabr, Toshkent) (1959-1983) Davlat va jamoat arbobi, yozuvchi. Jizzax pedagogika texnikumini (1935), Samarqand Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1941). Samarqand viloyati gazetasida mas’ul kotib, muharrir o‘rinbosari va muharrir (1937-41, 1943). davomi…


Maqolalar mundarijasi