Google Analytics ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Ziyouz portaliga tashriflar soni 6 384 653 tani (www.ziyouz.com — 4 787 412; www.ziyouz.uz — 1 597 241) tashkil etdi (kuniga o‘rtacha 17 492 kishi). Tashrif buyurganlarning 81 foizi O‘zbekistondan. Rossiya (5%), Qozog‘iston (5%), Qirg‘iziston (3%), Tojikiston (2%), AQSh (1%), Turkiya (1%) kabi 160 davlatdan muxlislar tashrif buyurgan.
2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Ziyouz portalida maqolalar soni: 29850 ta (n.ziyouz.com — 10430, islom.ziyouz.com — 2264, davronbek.ziyouz.com — 552, ziyouz.uz — 14905, ziyouz.uz/ru — 1490, ziyouz.uz/en — 209).
O‘zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona — Ziyouz.com kutubxonasida hozirda 13740 ta kitob mavjud.
* * *
O‘zbek tilidagi eng katta adabiy-ma’rifiy portal — www.ziyouz.uz saytida ayni paytda o‘zbek adabiyotidan 3226 ta, jahon adabiyotidan 1814 ta hikoya o‘rin olgan.
Ushbu ro‘yxatlar 2022 yilda portalda eng ko‘p o‘qilgan hikoyalar tahlili asosida tuzildi. Ro‘yxatning avvalida eng ko‘p mutolaa qilingan hikoya o‘rin oldi. Ayni muallifning jami 1000 o‘quvchidan kam bo‘lmagan va reytingning yuqori 100 taligidan o‘rin olgan hikoyalari ham ro‘yxatga kiritildi.
O‘zbek adabiyotidan (hikoyalar soni va eng ko‘p o‘qilganiga ko‘ra) Abdulla Qahhor asarlari, jahon adabiyotidan Anton Chexov asarlari eng ko‘p mutolaa qilingan.
O‘zbek adabiyotidan eng ko‘p o‘qilgan hikoyalar:
1. Nabi Jaloliddin. “Bayroq”, “Ota”
2. Normurod Norqobilov. “Kapalak”, “Oqbo‘yin”
3. Abdulla Qahhor. «Bemor», «O‘g‘ri», «Dahshat»
4. G‘afur G‘ulom. «Mening o‘g‘rigina bolam»
5. Erkin A’zam. «Tanho qayiq yoxud devonaning orzusi»
6. Said Ahmad. «Qorako‘z Majnun»
7. Pirimqul Qodirov. “Ilinj”
8. Qamchibek Kenja. “Lafz”
9. Xayriddin Sultonov. «Yo, Jamshid»
10. Odil Yoqubov. «Muzqaymoq»
11. Luqmon Bo‘rixon. “Quyosh hali botmagan”
12. Shukur Xolmirzayev. «O‘zbek xarakteri»
13. Abdulla Qodiriy. «Jinlar bazmi»
14. Tohir Malik. «Qarg‘ish»
15. Abdulhamid Cho‘lpon. “Qor qo‘ynida lola”
16. Abduqayum Yo‘ldosh. “Puankare”
17. Nodirabegim Ibrohimova. “Men, dadam va Altsgeymer”
18. Iqbol Mirzo. “Zarb”
19. Nazar Eshonqul. “Farishta”
20. Oybek. «Fanorchi ota»
Jahon adabiyotidan eng ko‘p o‘qilgan hikoyalar:
1. Ernest Xeminguey. «Yomg‘irda qolgan mushuk»
2. Ivan Turgenev. «Mumu»
3. Anton Chexov. “Latta”, «G‘ilof bandasi», «Xameleon»
4. Rabindranat Tagor. «Shubxa»
5. Mixail Sholoxov. «Inson taqdiri»
6. Frants Kafka. «Evrilish»
7. Anna Frank. «Chordoq hikoyalari»
8. Jek London. «Hayotga muhabbat»
9. Aziz Nesin. «Adabiyotsevar»
10. Aleksandr Bondar. “Kupedagi hamrohlar”
11. Uilyam Folkner. «Emili uchun atirgul»
12. Agata Kristi. «Tilsimli shaxmat»
13. Edgar Allan Po. «Morg ko‘chasidagi qotillik»
14. Chingiz Aytmatov. «Askar bola»
15. Kamilo Xose Sela. “Echkilardan kechaylik”
16. Fyodor Dostoyevskiy. “Ma’suma”
17. Benjamin Franklin. «Hushtak»
18. Ramiz Ravshan. “Hamma o‘g‘il o‘stirgandi…”
19. Lev Tolstoy. “Sergiy ota”
20. Akutagava Ryunoske. «Do‘zax azoblari»
* * *
Ayni paytda saytda o‘zbek she’riyatidan 750 nafar muallifning asarlari o‘rin olgan. Jahon she’riyatidan 1374 nafar shoirning she’rlari joylashtirilgan.
O‘zbek she’riyatidan eng ko‘p o‘qilgan sahifalar:
1. Ahmad Yassaviy (XII asr)
2. Usmon Nosir (1912-1944)
3. Abdulla Oripov (1941-2016)
4. Obid Rasul (1922-2001)
5. Alisher Navoiy (1441-1501)
6. Yusuf Xos Hojib (1020-1070)
7. Bobur Bobomurod (1968)
8. Humoyun (1964)
9. So‘fi Olloyor (1644-1724)
10. Haziniy (1867-1923)
11. G‘afur G‘ulom (1903-1966)
12. Boborahim Mashrab (1640-1711)
13. Jahonotin Uvaysiy (1779-1845)
14. Chori Avaz (1957-1992)
15. Shukur Sa’dulla (1912-1972)
16. Muhammadrizo Ogahiy (1809-1894)
17. A’zam O‘ktam (1960-2002)
18. Erkin Vohidov (1936-2016)
19. Ilyos Muslim (1909-1993)
20. Muqimiy (1850-1903)
Jahon she’riyatidan eng ko‘p o‘qilgan sahifalar:
1. Umar Xayyom (1048-1131)
2. Jaloliddin Rumiy (1207-1273)
3. Sa’diy Sheroziy (1203-1292)
4. Maxtumquli (1733-1783)
5. Sergey Yesenin (1895-1925)
6. Hofiz Sheroziy (1325-1388)
7. Mixail Lermontov (1814-1841)
8. Abdurahmon Jomiy (1414-1492)
9. Ibroyim Yusupov (1929-2008)
10. Yunus Emro (1240-1320)
11. Muhammad Fuzuliy (1498-1556)
12. Aleksandr Pushkin (1799-1837)
13. Abay (1845-1904)
14. Abu Abdullo Rudakiy (858-941)
15. Nizomiy Ganjaviy (1141-1209)
16. Mirzo Abdulqodir Bedil (1644-1721)
17. Musa Jalil (1906-1944)
18. Rasul Hamzatov (1923-2003)
19. Farididdin Attor (1145-1221)
20. Muhibbiy – Sulton Sulaymon Qonuniy (1494-1566)
* * *
2022 yilda eng ko‘p o‘qilgan maqolalar
1. Buyuk allomalar: Alisher Navoiy
2. Zahiriddin Muhammad Bobur
3. Mavlono Jaloliddin Rumiy hikmatlari
4. Ilm – eng buyuk sharaf
5. Buyuk allomalar: Abu Ali ibn Sino
6. Dunyoning buyuk romanlari: Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar
7. Zbignev Bjezinskiy. Buyuk shaxmat taxtasi
8. Abdulla Ulug‘ov. Arastu anglatgan adabiyot
9. Abdurahim Erkayev. Abdulla Oripov fenomeni
10. Buyuk allomalar: Abu Nasr Forobiy
11. Buyuk allomalar: Abdurauf Fitrat
12. Abdurahmon Jomiy hikmatlaridan
13. Begali Qosimov. Mahmudxo‘ja Behbudiy
14. Qodir To‘rayev. Sharq manbalarida o‘lchov birliklari
15. Rakning davosi shunchalik osonmi? (Yong‘oqning tabobatda qo‘llanilishi haqida)
16. Abdunabi Boyqo‘ziyev. Unutilayotgan, xira tortib borayotgan so‘z va shevalarimiz
17. Chorsham’. To‘qson ikki bovli o‘zbek urug‘lari
18. Kitob o‘qishning 21 foydasi haqida
19. Guardian: Barcha davrlarning eng yaxshi 100 kitobi
20. Akrom Malik. Alisher Navoiyning iloh, olam va odam haqidagi falsafasi