Said Ahmad. Xotinboz chumchuq (hajviya)

Bir jurnalda «Xotinboz chumchuq» degan hikoya bosildi.Hikoyada nimalar deyilganini bu yoqqa qo‘yib, uni kim yozganidan gaplashaylik.Choyxonachi Alimat buva uvali-juvali chol. Nevaralari shunday ko‘pki, nomlarini adashtirib Solini Vali, Valini Soli deb yanglishib yuradi. Alimat buva nevaralariga qaysi ertakni aytsa, buni aytgansiz, davomi…

Said Ahmad. Yuk (hajviya)

Kupega kirganimda pastki qavatning ikkalasi ham band edi. O‘ng tomonda hassaga tayanib bir mo‘ysafid, chap tomonda esa tugunchasini tizzasiga qo‘yib homilador xotin o‘tirardi. Xotin meni ko‘rishi bilan o‘rnidan turdi.— Joyingizni olib qo‘ymadimmi?Mening joyim yuqorida edi. Uni tinchitib, chamadonchamni polkaga irg‘itdim-da, davomi…

Said Ahmad. Sher (hajviya)

Yoshlik paytlarimda Qo‘zivoy degan o‘rtog‘im bo‘lguvchi edi. Buni qarang, shu ko‘chadan o‘tib keta turib o‘shani ko‘rgim kelib, samovarga kirdimu surishtirdim.— Qaysi Qo‘zivoy, — deyishdi samovardagilar hayron bo‘lishib.— Mo‘minjon akaning o‘g‘lida.— E-ha, — dedi qulog‘iga tanga qistirgan mo‘ylovdor samovarchi. — Qo‘zivoy davomi…

Said Ahmad. Tuynuk (hajviya)

Badalbek yangi ichkuyov bo‘lganidan hali qo‘ni-qo‘shnilarini tanimaydi. Bugun dam olish kuni, Badalbek nima qilishini bilmay hovlida aylanib yuribdi. Ko‘chaga chiqay desa, qayoqqa boradi? Bitta yarimta o‘rtog‘ini boshlab kelay desa, hali qayin onasining fe’lini bilmaydi. U qo‘lini orqasiga qilib aylanib yurarkan davomi…

Said Ahmad. Sobiq (hajviya)

Xoh ishoning, xoh ishonmang, birinchi kuniyoq to‘qqiz tonna paxta teribman. Avvaliga o‘zim ham hayron bo‘lib qoldim. Tavba, shuncha paxtani o‘zim terdimmi, yo birov qo‘shib qo‘ydimi? Ertasiga bir g‘ayratga o‘n g‘ayrat bilan paxta terish mana bunaqa bo‘ladi, deb ishga tushib ketdim. davomi…

Said Ahmad. Chiroqni o‘chir (hajviya)

Majlis raisi tikuv fabrikasining direktori Azlarovga so‘z berdi. Azlarov salmoqli qadamlar bilan bitta-bitta bosib minbar tomonga yo‘l olgan edi, qornida bir nima uzilib ketgandek ikki bukchayib, arang minbarga yetib oldi.O‘rtoqlar!U «o‘rtoqlar»ni shunday qattiq aytdiki, oldidagi qog‘oz og‘zidan chiqqan shamoldan uchib davomi…

Said Ahmad. Iqror (hajviya)

Rahmonali ko‘ngli poshsho bo‘lib kelardi. Bugun ham xotinini dog‘da qoldirib, o‘sha joyga bordi. Maishat kechagidan ham zo‘r bo‘ldi. Bugun xotiniga nima bahona qilsa ekan? U uyga yaqinlashgan sari bahona topishga shoshardi. Shunga ham bahonami? Kechagi majlisning davomi bo‘ldi, deb qo‘yaqoladi-da!Taksi davomi…

Said Ahmad. Xurrak (hajviya)

Odamning qanaqaligi safarda bilinadi.Kalonxo‘jayev o‘rinbosar tanlashga juda usta odam. Mana, Mo‘minov degan mo‘mingina odamni o‘ziga o‘rinbosar qilib oldi. Bechora Mo‘minov musichaning o‘zi. Kalonxo‘jayev qo‘ng‘iroq bosib chaqirganda egilib, g‘ildirakka o‘xshab g‘ildirab kiradi-da, uning gaplarini churq etmay eshitib, koptokka o‘xshab yana dumalab davomi…