Said Ahmad. O‘rik domla (hikoya)

Men bu odam haqida birinchi marta Yozyovon cho‘lining qoq o‘rtasida, Cho‘l burgutining chaylasida eshitgan edim.Cho‘l burguti yangi ochilgan qo‘rikdan yigirma besh gektar yerni bog‘ uchun ajratib qo‘yganini va bu yerni obod qilish uchun rayispolkomning alohida qarori bilan O‘rik domlaning o‘zi davomi…

Said Ahmad. Cho‘l burguti (hikoya)

I Cho‘l burgutini izlab Oltiariqdan Yozyovonga otda jo‘nadim. Hali quyosh botmagan, uning kechki qizg‘ish nurlari barglari sarg‘aygan o‘riklarni, terak uchlarini lovillab yondirayotgandek. Osmon ko‘m-ko‘m, ufqda xuddi atayin bo‘yab qo‘ygandek, qip-qizil bulut parchasi sudralib yuribdi.Kanal ko‘prigidan oshib, cho‘l tomonga jilovni burdim. davomi…

Said Ahmad. Bahor qizlari (hikoya)

Shahlo qayerga borsa, albatta, kulgi bo‘ladi. U «Yangiobod» kolxoziga mexanizatsiya bo‘yicha rais muovini bo‘lib tayinlanganda yig‘in ahli bab-baravar kulib yubordi. Ammo bu kulgilar Shahloga aslo ta’sir qilmadi, hatto qoshining bir uchi ham qimirlamadi.Negaki, u bundan avval oblastda eng qoloq «Kattachek» davomi…

Said Ahmad. Alla (hikoya)

Ozoda ishdan chiqib, tramvayga o‘tirmay, yangi barg yozgan serdaraxt, gavjum ko‘chadan uyiga qaytdi.Hamma yoqda bahor nafasi gurkiraydi. Devor osha ko‘chaga engashgan o‘rik shoxlaridan yo‘llarga tanga-tanga gullar to‘kilgan. Jildirab oqayotgan ariqlar betida ham o‘rik gullari oqadi.Ozodaning bu ko‘chadan yurmaganiga besh yil davomi…

Said Ahmad. Begona (hikoya)

Xayri boqchadan o‘g‘lini olgani kirganda tarbiyachining fig‘oni falakka chiqib turgan edi.— Kech qoldingiz-ku. Bugun dam olish arafasi, ish vaxlik tamom bo‘ldi. Hamma bolalarni ota-onalari olib ketishdi. Faqat sizni kutib turgan edim.Xayri ayolga uzr aytib, o‘g‘lini yetaklab ketayotgan edi, tarbiyachi uni davomi…

Said Ahmad. Onajonlar (hikoya)

Bugun uch kun bo‘ldi kampirdan darak yo‘q. Unga juda o‘rganib qolgan edik. Har gal u sutmi, shaftolimi olib kelganida, baragimizga kirib, u yoq-bu yoqni sinchiklab qarardi-da, koyishga tushib ketardi. Idishlarimiz yuvuqsiz, o‘rinlarimiz yig‘ishtirilmay qolganini u kelgandagina sezardik… To‘g‘risi, uning koyishlari davomi…

Said Ahmad. Iqbol chiroqlari (hikoya)

Daryo shamolidan seskangan otning badani dirillab ketdi. Jilovni bo‘sh qo‘yib yubordim.Chakmonini yelkasiga tashlab, qumg‘on tagiga o‘t qalayotgan paromchi chol ot dukurini eshitib o‘rnidan turdi:— Keling, mehmon, yo‘l bo‘lsin?— GESga o‘tmoqchi edim.Chol soqolini tutamlab daryoga qaradi:— Suv qutirib kelyapti, paromni chirpirak davomi…

Said Ahmad. Turnalar (hikoya)

Tepalikdan oshib o‘tganimdan keyingina anhorning guvillashi eshitilmay qoldi. Dala jimjit. Shamol ananas hidini olib keladi. Qayerdandir, yaqinginadan turnaning qure-quresi eshitiladi. Bu ovoz negadir osmondan emas, pastdan kelardi. Atrofga alangladim. Sertuproq yo‘ldan ikki yuz metrcha naridagi chaylada bir chol bukchayib o‘tiribdi. davomi…

Said Ahmad. Bahor suvlari (hikoya)

Karavotga chalqancha yotib, Turgenevning «Bahor suvlari» kitobini varaqlay boshladim. Kitob orasidan to‘rt buklangan qog‘oz ko‘kragimga tushdi. Beparvolik bilan qog‘ozni olib, yotgan yerimda o‘qiy boshladim. Oddiy qora qalam bilak juda xunuk yozilgan, ba’zi joylari o‘qib bo‘lmaydigan qilib o‘chirib tashlangan bu xat davomi…

Said Ahmad. Xotin (hikoya)

Munisxon eridan ajralish haqidagi arizasini sud qabul qilgani to‘g‘risidagi xabar qog‘ozi pochtadan kelganda ham, sud zalida o‘tirib erining g‘amgin qiyofasini ko‘rganda ham bunchalik iztirobga tushmagan edi. U hozir ayvon labida g‘ijimlangan gazetaga behush qarab o‘tiribdi. Kampir hovlida ivirsib goh oshxonaga, davomi…