Salomat Vafo. Muqaddas manzil (hikoya)

«O‘ldirsang, o‘zingni o‘ldirding faqat,Assalom alaykum, dorning og‘ochi».Rauf Parfi Xayollar iskanjasida kolgan ayol, deraza tabaqasi kuchli shamoldan taraqlab yopilgach, o‘ziga keldi-da, og‘zini qaldirg‘och palaponiday ochib yig‘layotgan bolasiga ko‘zi tushdi. Ongi, shuuri ruh sipohiylariga asir tushgan bo‘lsa hamki, bolaning, onam qani, deganday davomi…

Nabi Jaloliddin. Ayol (hikoya)

Lang ochiq temir darvozadan kirib kelgan uringanroq “Neksiya” o‘ng tarafdagi vagon-uydan biroz o‘tib to‘xtadi. Uning orqa eshigidan yuz-ko‘ziyu harakatlaridan chinakam amaldorlardek ko‘ri¬nishga astoydil chiranayotganligi sezilib turgan qirq yoshlardagi erkak shoshilmay tushdi. Eshikni yopishi bilanoq mashina nari ketdi.

Luqmon Bo‘rixon. Cho‘ldan kelgan tashvish (hikoya)

O‘z ma’ruzalari bilan ahli Ovro‘poni birqur angraytib tashlab Parijdan qaytgan ruhshunos olim janob Do‘lanov olqishu tahsinlarga ko‘milib ketdi. Turqi-tarovati gazeta sahifalariyu, teleekranlardan nari ketmay qoldi. Tanish-notanish do‘stu yoronlar bir-biridan o‘zib qutlashgani-qutlashgan.Janob Do‘lanov deganlari o‘sha ma’lumu mashhur cho‘l qo‘ynidagi 41-posyolkada tug‘ilib davomi…

Sobir O‘nar. Odamning kuchlisi (esse)

1 1986 yilning kuzi edi. Universitetni tugatganmiz. O‘sha kezlarda matbuotda biror asaring chop etilsa tezda tilga tushar eding. Kaminaning “Yoshlik” jurnalining 8-sonida biryo‘la ikki hikoyasi bosilib bosar-tusarimni bilmay anchayin havolanib yurgan kunlarim. Kursdoshim Nazar Eshonqulning 10-sonda “Urush odamlari” degan qissasi davomi…

Erkin A’zam. Aralashqo‘rg‘on (hikoya)

Musofirning o‘rtancha qizini Kattakonning kuchugi qopgani xabari kelganda biz qo‘rg‘on og‘zidagi qo‘lbola choyxonamizda qartabozlik bilan mashg‘ul edik.Ie, qachon? Qanday qilib? O‘sal emasmikan? Hamma taajjubda: jonivorning jag‘i bir zum tinmagan edi-ku, akillay turib ham qopar ekanmi?Hamma birdan g‘azabga mindi.