Tohir Malik. Hal qiluvchi o‘yindan reportaj (hajviya)

To‘p tepishlaringdan aylanayin “Paxtakor”, dunyo o‘zgarib ketyapti-ku, ammo sen qanday tug‘ilgan bo‘lsang, shundayligingcha turibsan. Horijning futbolchilarini futbol nimaligini bilmaganlar  maqtaydi. Alakaning itiday yugurgani yugurgan. Birov turtib yiqitsa ham, yota qolmaydi. Ishtonining ichiga burga kirib olganmi, sakrab turib ketaveradi. He, nodon, davomi…

Tohir Malik. Ko‘rgazmali qurol (hajviya)

Iltimos, bu voqeaga hecham ishonmang. (O‘qig‘uvchi.) Dunyoda ismi jismiga monand kelmaydigan odamlar ko‘p. Shulardan biri  – Yo‘g‘onboy. Otasi rahmatli unga nima maqsadda shunday ism berganini o‘zi ham bilmasdi. Bo‘rining yonida yashagan qo‘yni tasavvur qiling-u Yo‘g‘onboyni ko‘z oldingizga keltiravering. Qovurg‘alarini bemalol davomi…

Qudrat Do‘stmuhammad. Dardisar “nikoh” (hajviya)

— Senga uylandimu, sho‘rim quridi, sho‘rim!— Baqirmang-e! Ilgaridan sho‘rpeshona edingiz o‘zi. Tag‘inam, sizni men odam qildim.— Vaysa-ya, vaysa!— Ha, noto‘g‘rimi? Hovli-joy u yoqda tursin, engil-boshingiz ham yo‘q edi. Mening sepim bilan odam bo‘lib yuribsiz.— Nima-nima? Sepingni uy-joyga ishlatganing ko‘zingga ko‘rinibdi-yu, davomi…

Mirzo Ahad. To‘yga kelinglar (hajviya)

Men bunday dorilomon zamonda yashayotganimdan xursandman. Uylanaman, deb bosh og‘ritmayman. Kerak bo‘lsa qizlarning o‘zlari uyimga sovchi yuborishadi. O‘zimni ham otam qo‘l-oyoqli qilib tarbiyalaganlar. Supur-sidirdan boshlab, to bola allasigacha barisini eplayman. Ochig‘ini aytsam, hayollikkinaman. hali biror qizga qo‘limni ushlatganim yo‘q. Avtobusda davomi…

Mirzo Ahad. Zuluk (hajviya)

— Aka, bu oxirgisi, shuniyam To‘ra Jo‘rayevichnikiga tashlab keling, — deb qoldi muhandisimiz Normatjon.— Bu oxirgisimi? — dedim unga ishonqiramay.— O‘g‘il bola gap, — dedi u qat’iy.Yo‘lda ketyapman, o‘z-o‘zimga alam qiladi. To‘ra Jo‘rayevichnikiga shag‘al, qum, taxta, g‘isht, tsement tashiyapman. Har davomi…

Mirzo Ahad. Tug‘ilgan kun (hajviya)

Akaxonimiz Alimbek Salimiyning tug‘ilgan kuni bugun. Biz bu ulug‘ sanani bozor ichida joylashgan oshxonada “ko‘rimsizgina” dasturxon atrofida nishonlayotgan edik. Dasturxonda noz-ne’mat mo‘l-ko‘l. Ochiq joyning o‘zi yo‘q. “Mo‘ysafid”lar birin-ketin “obro‘y”sizlana boshladi. Oxirida, kimgadir bir qultum kamlik qildi. Yana ellik-ellik qo‘shib, bir davomi…

Mirzo Ahad. Rahmat (hajviya)

Odamlar qanday qilib mashina olisharkan-a? Mo‘minjon Qobilovich yeb-ichishdan, kiyishdan iqtisod qilib, uzoq yillar yengil avtomobil xarid qilish uchun pul jamg‘ardi. Biroz yurgan bo‘lsa ham yaxshi saqlangan “Jiguli” sotib oldi. Garajga puli qolmagach, noiloj mashinasiga zamonaviy signalizatsiya o‘rnatdi. Ko‘ngli xotirjam bo‘lib davomi…

Mirzo Ahad. Jo‘jaxo‘roz (hajviya)

Inomjon o‘rta maktabni zo‘rg‘a bitirganiga o‘n yilcha bo‘ldi chamamda. U shu yillar davomida o‘z yoshidan ko‘proq ishxona eshigiga bosh suqib, qosh qo‘yib chiqdi. Lekin biron joyda uch-to‘rt oy sabr qilib faoliyat ko‘rsatmadi. Uning baxtiga mendek xolavachchasi bor ekan. Kaminaning qo‘li davomi…