Sayyora Xolmirzayeva. Ukajonim, Jahongir…

Yashash – bu ertangi kunga umid bilan qarashmi? Qo‘yilgan maqsadu orzular sari intilishmi? Umr yo‘llarimizni, o‘tgan yillarimizni, quvonchli va baxtli damlarimizni yodga olib, shukronalik qilishmi? Har bir o‘tayotgan kunimizdan ma’noyu yupanch izlashmi? Ushalmagan orzularimiz, kimgadir aytilmay qolgan, mehrli so‘zlarimizning armonimi? davomi…

Raxshona Ahmedova. Men, bobom va bo‘ri (hikoya)

Bu voqeaga ancha bo‘lgan. U paytlar bir ovuldan ikkinchisigacha uzoq yo‘l bosishga to‘g‘ri kelardi. O‘shanda qish edi, tizza bo‘yi qor kechib borardim. «G‘arch-g‘urch» etgan tovushlar o‘zgacha huzur bag‘ishlar, ba’zan ortimga o‘girilib, qor ustida qolayotgan palapartish izlarimga qarab-qarab qo‘yardim. Yetti yashar, davomi…

Jek London. Ishonch (hikoya)

Barcha qatnovlar jo‘nab bo‘lgan, «Sietl-4» esa sohildan asta-sekin uzoqlashayotgan edi. Uning palubalari kema va yo‘lovchi yuklari, turli hindular guruhi, itlar va ularning egalari, savdogarlar hamda uyiga qaytayotgan oltin qidiruvchilar bilan to‘lgandi. Dosenning ko‘p sonli odamlari qirg‘oqda saf tortib xayrlashardilar. Zinapoya davomi…

Jasur Kengboyev. Qaltis tanlov qarshisida… (esse)

yoxud tengdoshlarga tasalli Qaysi asrda yashayotganimizni unutmagan holda, bugun oldimizda xuddi so‘yloq tishlarini g‘ichirlatib qayrab, so‘lagini oqizib o‘ljasini kutayotgan bo‘ri misoli pistirmada turgan muqarrar bir fojia haqida so‘z ochishga ahd qildim. Adabiyotda ham fojia bo‘ladimi, dersiz. Bo‘lar ekan, qadrdon, bo‘lar davomi…

Tohir Yo‘ldoshev. Chirmoviq (qissa)

Og‘ir sukunatni mutloq o‘ziga singdirgan qabristonning qo‘rqinchli manzarasi horg‘in nafas olgancha gunohlarga to‘lib-toshgan foniy dunyoni jimgina kuzatib mudraydi. Do‘psaygan qabrlarning u yer-bu yerida bo‘y cho‘zgan yantoq butalari bu sovuq sukunatga bardosh berolmay, yengilgina esgan shabbodaga asta-asta bosh chayqashib, bir-birlarining badanlariga davomi…